So’nggi yangiliklar

04:35Ла Лига. "Атлетико" илк турдаёқ камбэк қурбони бўлди  3 04:30Италия кубоги. "Милан" қийинчиликсиз "Бари"ни мағлуб этди  1 01:42Лига 1. Витиньянинг голи ПСЖга "Нант" устидан ғалабани тақдим этди  2 00:26Туркия Суперлигаси. "Истанбул Башакшехир" ўз уйида "Кайсериспор"ни мағлуб этолмади, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  10 23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  19 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  34 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  71

Coca Cola Superliga. 10 va 11-turlarda o'zgarish Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 10 va 11-turlarda o'zgarish

Karantin talablari qayta kuchaytirilgach, kelayotgan ikki haftaning dam olish kunlarida respublika bo'ylab harakatlanish cheklandi.

SHundan kelib chiqib, O'zPFL Coca Cola Superliganing ketma-ket ikki tur uchrashuvlariga o'zgartirish kiritdi hamda dam olish kunlaridagi uchrashuvlarni boshqa sanalarga ko'chirdi.

Bunda nafaqat asosiy tarkiblar, balki U-21 jamoalarining ham harakatlanishda murakkabliklarga duch kelmasliklari inobatga olingan. SHuningdek, Superliga klublarining 6 tasi musobaqani markazlashgan holatda o'tkazishga qarshi ovoz berganidan kelib chiqib, O'zPFL bu masalani vaqtinchalik kun tartibidan chiqardi. Umid qilamizki, respublikada vaziyat yaxshilanadi va O'zPFL yana markazlashgan musobaqa masalasiga qaytishga majbur bo'lmaydi. Hozirgi holatda esa biz musobaqalar o'tishida katta yordam berayotgan Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agetligi hamda Milliy teleradiokompaniyaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Malumot uchun, O'zPFL OFK rejalaridan kelib chiqib, yil so'ngiga bo'lgan taqvimni shakllantirib ulgurgan. Vaziyat o'nglanishiga qarab bu haqda alohida to'liq malumot beriladi. Hozircha esa turdan-turgacha rejalar tuzishga majburmiz.

10-tur
21 iyul, seshanba

19:00 SURXON — NAVBAHOR
19:00 NASAF — SO'G'DIYONA

22 iyul, chorshanba
19:00 MASH'AL — ANDIJON
19:00 AGMK — LOKOMOTIV

23 iyul, payshanba
19:00 QO'QON-1912 — PAXTAKOR
19:00 QIZILQUM — BUXORO
19:00 BUNYODKOR — METALLURG

11-tur
28 iyul, seshanba

19:00 SO'G'DIYONA – BUNYODKOR
19:00 NAVBAHOR – MASH'AL

29 iyul, chorshanba
19:00 PAXTAKOR – NASAF
19:00 LOKOMOTIV – QO'QON-1912
19:00 BUXORO – SURXON

30 iyul, payshanba
19:00 ANDIJON – AGMK
19:00 METALLURG – QIZILQUM

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика