So’nggi yangiliklar

18:00Париж-2024. Ўзбекистон - Испания (матнли трансляция)  19 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  41 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  21 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1 13:38ОЛИМПИАДАГАЧА. Испания ОТЖ ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Қизил фурия" билан танишамиз  7 13:03Месси кесма паслар бўйича Топ-5 нинг охирги 2 мавсумида етакчи. Лео ПСЖни бир йил олдин тарк этган  16 12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  3

Coca Cola Superliga. 10-tur yakunlari (faqat raqamlar) Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 10-tur yakunlari (faqat raqamlar)

17-19 avgust kunlari Coca Cola Superligasida 10-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.


0 - AGMK klubi 2020 yilgi O'zbekiston chempionatida hozircha mag'lub bo'lmagan yagona klub bo'lib qolmoqda. Jamoaning eng uzun mag'lubiyatsiz seriyasi 2017 yilda qayd etilgan va u 12ta o'yindan iborat.

- "Qo'qon-1912" va "Lokomotiv" klublari bu mavsum hozircha safarda umuman ochko jamg'ara olishmadi. Ikki klub ham safarda 3ta uchrashuv o'tkazib 3 bor mag'lub bo'ldi.

1 - Islom Kenjaboev bu mavsum "Nasaf" safida penaltidan gol ura olgan birinchi futbolchiga aylandi. Bunga qadar SHarof Muhitdinov va Umar Eshmurodov 11 metrli jarima to'pidan gol ura olishmagan edi.

1 - AGMK yarim himoyachisi Jasur Umarov "Lokomotiv" bilan o'yinda bu mavsum ilk bor maydonga tushdi. Hamda o'zining Superligdagi dastlabki golini urishga erishdi. O'tgan yillarda Umarov chempionatda 13ta o'yinda maydonga tushib gol ura olmagan edi.



1 - "Buxoro" bilan o'yinda "Qizilqum" klubi bu mavsumda ilk bor penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Uni nigeriyalik legioner hujumchi Ibrohim Tomiva aniq amalga oshirdi.

2 - "Bunyodkor" yarim himoyachisi Nurillo To'xtasinov O'zbekiston chempionatida ilk bor dubl qayd etdi. Uning Superligada urgan jami gollari soni 9taga etdi.

2 - "Andijon" klubi 10-turda "Mashal" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi. SHunday qilib "burgutlar" ketma-ket ikki turda raqib darvozasiga to'p kirita olishmadi. 9-turda jamoa "Surxon"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgandi.

2 - "Navbahor" yarim himoyachisi Islombek Isoqjonov "Surxon" bilan bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etdi. SHunday qilib Isoqjonov bu mavsum o'zining ikkinchi qizil kartochkasini oldi. 1-turda "Paxtakor" bilan bahsda ham futbolchi maydondan chetlatilgandi. 2020 yilgi Superligada boshqa hech qaysi futbolchi hozircha 2ta qizil kartochka olgani yo'q. 



4 - "Metallurg" "Bunyodkor" bilan oxirgi 4ta o'yinda umuman gol ura olmadi va to'rt bor mag'lub bo'ldi.

4 - "Surxon" yarim himoyachisi Asror G'ofurov "Navbahor" bilan o'yinda kutilmaganda o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi. G'ofurov bu mavsum avtogol qayd etgan to'rtinchi futbolchiga aylandi. Bunga qadar Bobirjon Akbarov, Lutfulla To'raev, SHahzod SHaymanov avtogol muallifi bo'lishgan edi.

8 - Navoiy klubining "Buxoro" bilan o'yinlardagi 8ta o'yin davom etgan g'alabasiz seriyasi barham topdi. "Qizilqum" bundan oldin 2015 yilda "Buxoro"ni mag'lub etgandi.

10 - "Buxoro" va "Andijon"ning Coca Cola Superligadagi g'alabasiz seriyasi 10ta o'yinga etdi. Ikkala klub ham bu mavsum chempionatda umuman g'alabaga erisha olishmadi.

18,192 - "Nasaf" hujumchisi Husayin Norchaev Superligadagi debyut golini urganida 18 yoshu 192 kunlik edi. U 10-turda "So'g'diyona" darvozasini ishg'ol etdi. Norchaev bu mavsum chempionatimizda gol urgan eng yosh futbolchilar orasida Jasur Jaloliddinovdan keyingi o'rinni egallab turibdi. Jaloliddinov Rossiya premer-ligasiga ko'chib o'tdi, demak ayni paytda Superligada o'ynayotganlar orasida Norchaev eng yosh gol urgan o'yinchi bo'lib turibdi.

25 - "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeev "Qo'qon-1912" bilan o'yinda ikkita gol urishga erishdi. SHu tariqa Sergeev O'zbekiston chempionatida 25 marta bir o'yinda kamida ikkita gol urdi (2ta xet-trik, 23ta dubl).



30 - Termizning "Surxon" klubi yarim himoyachisi SHerzod Karimov "Navbahor" bilan o'yinda gol urishga erishdi. Futbolchi shu kuni O'zbekiston chempionatida o'zining 232-uchrashuvida maydonga tushdi va 30-golini urdi.

189 - Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Coca Cola Superligada 189 daqiqadan buyon gol ura olmayapti. Jamoa so'nggi bor 8-turda "Buxoro"ga qarshi o'yinning 81-daqiqasida gol urgandi. SHundan keyin "Metallurg" va "Nasaf" bilan bahslarda raqib darvozasi ishg'ol qilingani yo'q.

195 - Muborakning "Mashal" klubining "quruq seriyasi" 195 daqiqaga etdi. Rahimjon Davronov so'nggi bor 8-turda "Paxtakor" bilan bahsning 75-daqiqasida o'z darvozasidan to'p olib chiqqandi. SHundan keyin "Lokomotiv" va "Andijon" bilan o'yinlarda Davronov gol o'tkazgani yo'q.

305 - Navoiyning "Qizilqum" klubi 10-turda "Buxoro"ni mag'lub etdi. SHu tariqa jamoa O'zbekiston chempionatida 305 kundan (10 oy) so'ng g'alabaga erishdi. "Qizilqum" Superligada so'nggi bor 2019 yilning 18 oktyabr sanasida "Qo'qon-1912"ni mag'lub etgandi.



305 - "Qo'qon-1912" hujumchisi Hamidullo Abduhamidov 10 oylik (305 kun) tanaffusdan keyin yana Superligada to'p kiritdi. Abduhamidov "Paxtakor" bilan o'yin so'nggi gol urishga erishdi.

333 - "Paxtakor" yarim himoyachisi Abror Ismoilov "Qo'qon-1912" bilan o'yinda "sherlar" safidagi o'zining ilk golini urdi. Ismoilov so'nggi bor O'zbekiston chempionatida 2019 yil 30 sentyabr kuni "Surxon" safida AGMK darvozasini ishg'ol qilgandi. Oradan 333 kun o'tib futbolchi yana gol urdi.

505 - "Nasaf" yarim himoyachisi Islom Kenjaboev Superligada 505 kundan so'ng yana gol urdi. Eng qizig'i Kenjaboev bundan oldingi golini ham "So'g'diyona" darvozasiga urgandi. Yana ham qizig'i Kenjaboev Superligada jami 5ta gol urdi va shundan 4tasini Jizzax klubi bilan o'yinlarda urgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика