So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  0 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  3 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  18 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  2 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  75 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

Coca-Cola O'zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida - “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi Yangiliklar

Coca-Cola O'zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida - “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi

Professional futbol ligasi Coca-Cola O'zbekiston kubogi finalini yuqori saviyada tashkil etish yo'lida “Samarqand darvoza” savdo-ko'ngilochar markazi bilan kelishuvga erishdi.

Unga ko'ra, final oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent markazida joylashgan “Samarqand darvoza”da bo'lib o'tadi.

Rejaga ko'ra, SHota Arveladze ham, Mirjalol Qosimov ham matbuot anjumaniga jamoaning etakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko'rinishda emas, bayramona ruhda o'tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.

Coca-Cola O'zbekiston kubogi g'olibiga topshiriladigan yangi sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin.

“Paxtakor” va AGMK klublari muxlislari o'z suyukli futbolchilaridan dastxat olish, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatga ega bo'lishlari mumkin.

Malumot uchun, “Samarqand darvoza” savdo-ko'ngilochar markazidagi tadbir 25 oktyabr — juma kuni soat 19:00 da bo'lib o'tadi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика