So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  3 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  4 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Coca Cola O'zbekiston kubogi dekabr oyida pley-off tizimida o'tadi Yangiliklar

Coca Cola O'zbekiston kubogi dekabr oyida pley-off tizimida o'tadi

O'zPFL 9 noyabr kuni start oladigan FIFA kunlariga qadar Coca Cola Superliganing 22 tur uchrashuvlarini yakunlab olishni rejalashtirgan.

FIFA kunlaridan keyin II bosqichning so'nggi to'rt tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Bu borada O'zPFL klublar bilan kengashib, ularning har biri uchun qulay bo'lgan taklifni taqdim etdi. Reja bo'yicha, 26-tur uchrashuvlari yakuniga etgach, O'zbekiston Coca Cola kubogi start oladi.

Pandemiya borasida tasavvur ham yo'q bo'lgan vaqtda kubok uchrashuvlari guruh bosqichi ko'rinishida o'tishiga kelishilgandi. Bu bilan OFK belgilab bergan 27 o'yinlik minimum talab bilangina cheklanib qolmay, jamoalar mavsum davomida minimum 29 uchrashuvda ishtirok etishlariga erishish mumkin bo'lardi. SHuningdek, birinchi uchrashuvlarda mag'lubiyat qabul qilib olgan jamoalarda keyingi bosqichga yo'l olish imkoni yana saqlab qolinardi. 2021 yilgi mavsumdan esa guruh bosqichining o'zida jami 24 klub ishtirok etishi rejalashtirilgandi. Bularning bari musobaqaga bo'lgan qiziqish hamda o'yinlar sonining oshishiga olib kelishi shubhasiz.

Biroq pandemiya klublarning moliyaviy holatiga tasir o'tkazdi. Ayni vaqtda klublar futbolchilarga dekabr oyi uchun ham maosh to'lashiga to'g'ri keladi. Qo'shimchasiga, ayrim klublarning smetalari 20 foizga qisqartirilgani borasida malumotlar bor. SHundan kelib chiqib, O'zPFL vaziyat taqazosi tufayli klublar bilan yana bir bor maslahatlashdi.

Unga ko'ra, biryo'la 12 klub — “Qo'qon-1912”, “Mashal”, “Paxtakor”, “Surxon”, “Buxoro”, “Nasaf”, “Metallurg”, “So'g'diyona”, “SHo'rtan”, “Andijon”, “Bunyodkor” hamda AGMK formatni olimpiya ko'rinishiga o'zgartirish taklifini ilgari surdi. Mazkur klublar orasidan faqatgina AGMK kubok uchrashuvlarini markazlashtirilgan holda Toshkent shahri va viloyatlarida o'tkazish taklifini berdi.

Yana to'rt klub — “Qizilqum”, “Lokomotiv”, “Navbahor” hamda “Oqtepa” formatni guruh bosqichi ko'rinishida qoldirish istagini bildirdi.

Holat yuzasidan O'zPFL O'zbekiston futbol associaciyasi bilan fikr almashdi hamda uch barobar ko'proq ovoz to'plagan variant pandemiya davrida maqbul variant deb topildi. SHundan kelib chiqib, kubok uchrashuvlariga olimpiya ko'rinishida qayta qura tashlash marosimi o'tkazish to'g'ri yo'l bo'ladi.

O'zPFL bu borada Sport-TV kanali bilan fikr almashadi. Ishchi rejaga ko'ra, qura marosimi O'zbekiston milliy terma jamoasining FIFA kunlaridan o'rin olgan birinchi uchrashuvi tanaffusida yoki o'yingacha bo'lib o'tishi katta ehtimol. O'zPFL bu borada alohida malumot beradi.

Malumot uchun, Coca Cola Superliga uchrashuvlariga qura tashlash marosimida O'zbekiston Coca Cola kubogining final uchrashuviga Namangan shahri mezbonlik qilishiga oydinlik kiritilgan. Namangan shahridagi finalga qadar jamoalar har bir bosqichda bittadan uchrashuvda ishtirok etadi. Qura savatidan birinchi bo'lib olingan jamoa mezbon, ikkinchisi esa mehmon maqomida bo'ladi. 90 daqiqa davomida g'olibni aniqlab bo'lmasa, 15 daqiqadan ikkita qo'shimcha taym, keyin esa penaltilar seriyasiga navbat beriladi.

Almashtirish mumkin bo'lgan futbolchilar soni borasida alohida malumot taqdim etiladi. Ayni holatda O'zPFL 90 daqiqa ichida uch urinishda to'rt futbolchi almashtirish va o'yin qo'shimcha taymlarga qadar cho'zilsa, yana bir nafardan futbolchini almashtirish taklifini ilgari surmoqda. Bu borada O'zPFL klublar bosh murabbiylari bilan fikr almashadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика