Coca Cola O'zbekiston Kubogi. Bugun ikkinchi saralash bosqichiga qura tashlanadi. Unda istalgan juftlik hosil bo'lishi mumkin
23 iyu 2020 19:49
Yangiliklar


Coca Cola O'zbekiston Kubogi. Bugun ikkinchi saralash bosqichiga qura tashlanadi. Unda istalgan juftlik hosil bo'lishi mumkin
Bugun Coca Cola O'zbekiston kubogida birinchi saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tdi va keyingi bosqichga chiqqan 4ta klub nomi malum bo'ldi.
"Oq-tepa", "Neftchi", "SHo'rtan" va "Dinamo" klublari bugungi o'yinlarda raqiblarini mag'lub etishdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi.
Bugun soat 21:00 da Coca Cola O'zbekiston kubogi ikkinchi bosqichiga qura tashlanadi. Qura "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Takidlash lozimki, bugun ko'r qura bo'ladi va istalgan klub istalgan klubga raqib bo'lishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda g'alaba qozongan ikki jamoa Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichiga yo'llanma oladi. Eslatib o'tamiz, Coca Cola O'zbekiston kubogi finali Namangan shahrida bo'lib o'tadi.
Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Oq-tepa", "Neftchi", "SHo'rtan" va "Dinamo" keyingi bosqichda!
O’xshash yangiliklar
02:36
JCH-2026 saralashi. BAA O'zbekiston va Qirg'izistonga qarshi o'yinlar uchun tarkibini elon qildi 8

Fikrlar