So’nggi yangiliklar

15:08УEФА Евро-2028 мезбонларига гуруҳ босқичидан жой кафолатламайди  0 14:40Роналдиньо ўзини Месси ва Ямаль билан қиёслади  8 14:14Сергей Чигодаев: "CAFA U-17 – ўсмирлар ўртасидаги Осиё Кубогининг мини-версияси. Мақсадимиз – шу ёшдаги энг яхши футболчиларни саралаб олиш"  2 13:41Карвахаль Трент билан рақобат ҳақида гапирди  1 13:13Ямалнинг иш ҳақи оширилади. У "Барса"да энг кўп маош оладиган футболчилар учлигига киради  4 12:46"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  13 12:15Гвардиола Де Брюйненинг хайрлашув ўйини ҳақида: "Кевин сотиб олиб бўлмайдиган чексиз муҳаббатга эришди"  2 11:48"Ал Иттиҳод"нинг асосий трансфер мақсади аниқ: Клуб АПЛ юлдузи учун 120 млн евро тўламоқчи  0 11:20Гарначо: "Финалгача ҳар босқичда майдонга тушдим, жамоага ёрдам бердим ва бу ўйинда 20 дақиқа ўйнадим..."  11 10:58Варди фаолиятини АПЛнинг бошқа жамоасида давом эттириши мумкин  1 10:31МЮ барча даврларнинг антирекордини такрорлади  12 10:05Сон Хён Мин илк совринини қўлга киритганидан сўнг йиғлаб юборди  9 09:37Расман: “Барселона“ Флик билан шартномани узайтирди  3 09:08Ангелос Постекоглу: “Мен ҳали ҳам нима бўлганини тушунишга ҳаракат қиляпман“  9 08:40Sofascore. “Ал Фейҳа“ мағлуб бўлди, Шукуров эса  2

CHo'l o'rniga "Velodrom": qanday qilib Obameyang faoliyatini qayta jonlantirmoqda? (mutolaa uchun) Yangiliklar

CHo'l o'rniga "Velodrom": qanday qilib Obameyang faoliyatini qayta jonlantirmoqda? (mutolaa uchun)

Gabonlikning top darajaga qaytishga urinishi haqida gaplashamiz.

Ko'plab ekspertlar "Arsenal", "Barselona" va "CHelsi" hujumda kuchayishga muhtoj deya takidlashmoqda. Qiziqarlisi, ushbu klublarning barchasida Per-Emerik Obameyang o'ynagan va ularning barchasi uni rad etishgan. Bazilarida gabonlikning o'zi xato qildi, boshqalarida esa ko'p narsa unga bog'liq bo'lmadi. 34 yoshli hujumchi ayni damda "Marsel" tarkibida o'ynamoqda va nafaqat faoliyatini qayta joylantirmoqda, balki so'nggi bir necha yillarda uning nomiga aytilgan tanqidlarga javob berishga harakat qilmoqda.



Obameyang oddiy bo'lmagan xarakterga ega inson. Uni Dortmundning "Borussiya" klubida janjallar sabab bir necha bor jamoadan chetlatishgan. Gabonlik keskin munosabatlar sabab nemis klubi bilan xayrlashdi. SHu bilan birga, "arilar" uning sotuvidan 64 mln evro ishlab olishga muvaffaq bo'lishdi. "Arsenal" o'yinchi uchun shuncha pul to'ladi. Forvardning Londondagi faoliyati yaxshi o'tdi va APLdagi ketma-ket ikki mavsumda 22tadan gol kiritdi. Ammo, barchasi "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta bilan kelishmovchilikdan so'ng birdan yakunlandi. Ikki tomon qaysarlik qilish yo'lini tanladi va yakunda o'yinchi ketishiga to'g'ri keldi.

Obameyang shunday qilib "Barselona"da paydo bo'lib qoldi. Hujumchi Kataloniya klubida atigi yarim mavsum o'ynadi, ammo La Ligadagi 17ta o'yinda 11ta gol urgan holda o'zini yaxshi tomondan ko'rsatdi. Gabonlik u erda "qisqarish"ga tushgan holda vaziyat qurboni bo'ldi. "Ko'k-anorranglilar" yangi o'yinchilar bilan shartnoma imzolash uchun o'yinchi bilan xayrlashishga qaror qilishdi. Hujumchini "Barselona"dan so'ng "CHelsi"da Tomas Tuxel kutayotgandi. Ammo, futbolchi kelganidan bir necha kun o'tib nemisni London klubidan istefoga chiqarishdi. Uning o'rniga kelgan Grem Potter esa forvardga ishonch bildirmadi.

O'tgan mavsum Obameyang uchun to'liq muvaffaqiyatsiz o'tdi. U APLdagi 15ta o'yinda 1ta gol urdi va o'yinchi o'rtacha 36 daqiqa harakat qildi. Potter tajribali hujumchini CHempionlar ligasi pley-offi uchun qaydnomaga kiritmadi va bu uning uchun katta zarba bo'ldi. "Ko'klar"da Potterdan keyin ham boshqa murabbiylar bo'ldi, ammo vaziyat gabonlik uchun o'zgarmadi. U o'tgan mavsumning so'nggi 5ta o'yinini o'tkazib yubordi, hatto qaydnomaga ham kiritilmadi. Londonliklarning "Barselona"ga 12 mln evro to'laganliklariga qaramay o'yinchiga ishonch bildirmayotganlari ko'rinib turardi.



Obameyangning yoshi, uning reputaciyasi va aqlbovarqilmas muvaffaqiyatli mavsumidan kelib chiqib keyingi manzilini taxmin qilish qiyin emasdi. Saudiya Arabistoni klublari ozmi-ko'pmi taniqli o'yinchilarni xarid qilishayotgan edi. Evropadagi barcha muammolarga qaramay gabonlik u erda yulduz bo'lardi. Ammo, u bu variantni rad etdi. Futbolchi uni hisobdan chiqarish kerakmasligini ko'rsatmoqchi va isbotlamoqchi bo'ldi. Va o'zi uchun maksimal darajadagi mantiqsiz variant bo'lgan "Marsel"ni tanladi. Ehtimol top-ligalaridagi eng muammoli klublardan biri faoliyatini qayta tiklash uchun mos bo'lmagan variantdek tuyulardi. Ayniqsa og'ir xarakterdagi o'yinchi uchun.

Obameyang uchun "Marsel"dagi mavsum yaxshi boshlandi. U CHempiolar ligasi saralashi doirasidagi "Panatinaikos"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi, "Mec"ga qarshi Liga 1 mavsumidagi ikkinchi o'yinda assist qayd etdi va Evropa ligasi 1-turida "Ayaks"ga ikkita to'p kiritdi. Ammo, o'sha payt klubda haqiqiy xaos ro'y berdi. Muxlislar tom manoda o'sha paytdagi jamoa bosh murabbiyi Marselinoni haydab yuborishdi va rahbariyatga tahdid qilishdi. Provansliklar murabbiydan ayrilishdi va prezidentsiz qolishlariga ozgina qoldi. "Marsel" mavsum boshidayoq falokat yoqasida edi. Ammo, o'sha paytdan keyin vaziyat biroz tinchidi.

Obameyang ham mehmondo'st "Velodrom"ni o'zida his qildi. "Marsel" muxlislari begonani ham, o'zlarinikiga ham hushtak chalishdi. Bu vaziyatdan Liga 1 samarasiz 4ta o'yindan 2ta seriya o'tkazgan jamoa yangi forvardi ham chetda qolmadi. Provansliklarning klub afsonalari ham gabonlikni qari, qo'pol va dangasa deb atagan holda tanqid qilishdi. Klubdagi vaziyat dahshatli edi. Murabbiy o'zini xavfsiz his qilmagan holda butun shtabini olib ketdi. Rahbariyat har narsani kutsa bo'ladigan muxlislar bilan muzokaralar o'tkazdi. Jamoadagi yagona yulduz o'yinchi qattiy tanqidlarga uchradi.



Provansliklar bunday aqldan ozgan vaziyatda jamoani faqat aqldan ozgan (yaxshi manoda) murabbiy boshqaradi deb hisoblashgan. SHunday qilib "Marsel"da Jennaro Gattuzo paydo bo'ldi. Rino o'yinchi sifatida ham qaynoq edi, murabbiy sifatida ham shunday. Italyan inqirozdagi "Milan"ni boshqargan, shundan so'ng "Napoli" va "Valensiya"dek rahbariyati bilan ishlash oson bo'lmagan klublarda faoliyat yuritgan. Gattuzo o'sha paytda cho'kayotgan "Valensiya"ga tayinlanishi payti uning oson yo'llarni qidirmasligini tushunish mumkin edi. Agar kimdir provansliklarni jilovlay oladigan bo'lsa u ham shu odam edi.

Klub prezidenti ham, Gattuzo ham ommaviy ravishda Obameyangni qo'llab-quvvatlashdi va bu muhim rol o'ynadi. Gabonlik o'ziga ko'proq ishonchni his qildi. U noyabr oyi so'nggida "Ayaks"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi va dekabr oyini juda yaxshi boshladi. Yildagi yakunlanib borayotgan so'nggi oyda hujumchi Liga 1dagi deyarli har bir o'yinda samarali harakat qilmoqda. Bu ketma-ket 4ta o'yinda ro'y berdi va "Marsel" ularning barchasida g'alaba qozondi. Obameyang gol ham urmoqda, assist ham qayd etmoqda va bu jamoaga katta foyda bermoqda. Forvardning hisobida Liga 1dagi 7ta samarali harakat bor va bu uning faoliyatidagi uchinchi eng yaxshi natija. Ha, chempionatdagi urilgan 5ta gol ham yomon emas. SHuningdek Evropa ligasida 5ta gol va CHL saralashida 2ta to'p bor.

Obameyang joriy mavsum barcha musobaqalarda jami 12ta to'p kiritdi. Bu masalan Robert Levandovski (9), Nikolas Jekson (8) va Gabriel Jezus (7)nikidan ko'p. Bu futbolchilar gabonlik oldin o'ynagan joylarda harakat qilishmoqda. Bu Obameyangning har bir sobiq klubi uni qo'yib yuborib aniq adashgan degani emas. Ammo, ayrim vaziyatlarda to'g'ri yondashuv bilan undan ko'proq foyda olish mumkin edi. Gattuzo muammoli o'yinchilar bilan ishlashni biladi va natija oladi. Gabonlik rostdan ham "Velodrom"da faoliyatini qayta jonlantirayotganga o'xshaydi.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика