CHLning birinchi turida zarba berish bo'yicha "Bavariya"dan so'ng ikkinchi qaysi klub ekanligini bilasizmi?
14 sen 2017 15:23
Yangiliklar
CHLning birinchi turida zarba berish bo'yicha "Bavariya"dan so'ng ikkinchi qaysi klub ekanligini bilasizmi?
CHempionlar ligasining birinchi turida darvozaga berilgan zarbalar bo'yicha "Bavariya"dan so'ng ikkinchi o'rinni "Maribor" egalladi.
"Spartak"ka qarshi bahsda (1:1) sloveniyaliklar 25 marotaba darvozani nishonga olishga harakat qilgan. InStat bergan malumotlarga ko'ra, 25ta zarbaning 15tasi 60-daqiqadan so'ng berilgan. "Bavariya" futbolchilari "Anderlext"ga qarshi uchrashuvda 27ta zarba berishdi.
"Maribor" hamda "Spartak" o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi moskvaliklar yarim himoyachisi Mario Pashalich bo'ldi. Xorvat 15ta kurashdan 10tasida (67%) g'alaba qozondi, muvaffaqiyatli to'p olishlar soni bo'yicha etakchi bo'ldi (4) va qarshi hujumlarning asosiy tashkilotchisiga aylandi (12ta).
Fikrlar