So’nggi yangiliklar

17:03Европа Лигаси янги мавсумига қуръа ташланди: МЮ "Порту" билан, "Тоттенхэм" "Рома" билан ўйнайди  0 16:47Абдуқодир Ҳусанов — "Панатинаикос" - "Ланс" учрашувининг энг яхши футболчиси!  5 16:05Ўзбекистон терма жамоаси собиқ ҳимоячиси: "Жаҳон чемпионатига чиқишимизга ишоняпман. Бундан яхши имконият бўлмайди"   3 15:47"Пахтакор" ва "Навбаҳор" ўртасидаги Тошкентда ўтказилган охирги беш ўйинда нақ 32 та сариқ карточка кўрсатилган  2 15:28"Пахтакор" – "Навбаҳор", "Андижон" – "Сурхон" учрашувларини кимлар шарҳлаб боради?  11 14:58"Барселона" собиқ дарвозабони "Арсенал"га ўтмоқда  0 14:38Англия термаси ҳужумчиси "Челси" ва МЮ таклифини рад этиб, Саудия Арабистонига йўл олмоқда  0 13:58"Рома" машғулотида тўполон: мураббий ва футболчи катта жанжал келтириб чиқарди  6 13:28Ана холос! "Ланс" етакчиси "Рома"да тиббий кўрикдан ўтолмади  0 13:00КХДР Ўзбекистонга қандай таркиб билан келаётгани маълум  11 12:40Ҳусниддин Нишонов: "Терма жамоадаги муҳит ва кайфият аъло даражада. Мундиалга тайёргарлик яхши кетмоқда"  0 12:12Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби Иордания билан навбатдаги ўртоқлик ўйинида майдонга тушди  0 11:55"GOAT" машғулотларга қайтди. У қачон майдонга тушиши маълум  34 11:37"Камтар" Роналду ўзини дунёдаги энг машҳур инсон деб атади  21 11:10Осимхен "Ал Аҳли"да қанча ишлаб олиши маълум  0

CHL guruh bosqichida eng ko'p gol kiritilgan 10ta bahs Yangiliklar

CHL guruh bosqichida eng ko'p gol kiritilgan 10ta bahs

Kecha, 1 oktyabr kuni "Tottenxem" hamda "Bavariya" o'rtasidagi uchrashuvda 9ta gol urildi.

Ushbu aqldan ozdiradigan o'yin CHempionlar ligasi guruh bosqichida eng ko'p gol urilgan bahslarni eslatib yubordi. Londonda rekord o'rnatilmadimi? Malum bo'lishicha, yo'q. Bitta bahsda 9ta gol - rekordga yaqin keladigan natija emas. Turnirning kuzgi bosqichida quyidagi hisoblardagi o'yinlar bo'lgan.


2011 yil. "Dinamo" Z - "Lion" 1:7

"Lion" pley-off bosqichiga chiqishi uchun Zagrebda yirik hisobda g'alaba qozonishi kerak edi. Franciyaliklar o'z maqsadiga etishishdi, biroq 45-daqiqada ham "Dinamo" 1:0 hisobida oldinda edi. Bafetimbi Gomis poker qayd etdi. Natija juda shubhali edi, ammo UEFAning o'sha paytdagi prezidenti Mishel Platini uchrashuv kelishilmaganligini aytgan.


2014 yil. "Roma" - "Bavariya" 1:7

"Bavariya" CHLning guruh bosqichida birinchi marta 7ta gol urayotgani yo'q. Besh yil oldin myunxenliklar yanada yirik hisobda "Roma"ni taslim etishgan. 36-daqiqada Aren Robben dubl qayd etdi, Mario Gyotce, Robert Levandovski va Tomas Myuller bittadan gol urishdi. Frank Riberi va SHerdan SHakiri ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishdi.


2015 yil. "Bayer" - "Roma" 4:4

Juda ko'p gol urilgan bahsning bittasidagina durang qayd etilgan. Bu bahsda ham "Roma" ishtirok etgan, ammo Leverkuzenda umuman boshqacha o'yin ko'rsatishgan. 19-daqiqada CHicharitoning dubli evaziga hisob 2:0 edi. Keyin "Roma" 44 daqiqa ichida 4ta gol urdi. SHunga qaramasdan Rojer SHmidtning "Bayeri" mag'lubiyatdan qutulib qoldi.


2015 yil. "Real" - "Malmyo" 8:0

Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema "Santyago Bernabeu"da bayram kechasi tashkillashtirishdi. Portugaliyalik SHveciya jamoasiga qarshi bahsda poker, franciyalik esa xet-trik qayd etdi. Yana bitta gol Mateo Kovachich hisobiga yozilgan.


2019 yil. "Zalcburg" - "Genk" 6:2

Joriy mavsum CHempionlar ligasi guruh bosqichining dastlabki turida Avstriya va Belgiya klublari tomoshabop o'yin namoyish etishdi. Ayniqsa Erling Xoland: "Zalcburg"ning yosh hujumchisi yirik turnirda debyut qilishiga qaramasdan, raqib darvozasiga 3ta gol urishga erishdi.


2008 yil. "Vilyarreal" - "Olborg" 6:3

Agar 2008 yil "Olborg" muxlislariga ularning jamoasi mehmonda "Vilyarreal"ga 3ta gol uradi deyishganida, ishqibozlar g'alabani nishonlashgan bo'lardi. Ammo yirik hisobdagi g'alaba ispanlarga nasib etdi. 67-daqiqada 2:2 edi. Zaxiradan maydonga tushgan Xoseba Lorente 17 daqiqada xet-trik qayd etdi va jamoasining g'alabasini taminladi.


2000 yil. PSJ - "Rusenborg" 7:2

Jamoada Neymar va Mbappe paydo bo'lguniga qadar PSJ CHempionlar ligasi guruh bosqichida 7talab gol urardi. 2000 yilda "Rusenborg" Parijda sharmanda bo'lgan. PSJ 4ta golni birinchi bo'limda, qolgan 3ta golni ikkinchi bo'limning so'nggi 15 daqiqasida kiritdi. Nikolya Anelka dubl qayd etishga muvaffaq bo'lgan.


2019 yil. "Tottenxem" - "Bavariya" 2:7

O'tgan mavsum CHempionlar ligasi finalida o'ynagan "shporlar" kecha o'zining yangi stadionida 7ta gol o'tkazib, sharmanda bo'lishdi. To'g'ri, "Tottenxem" bahordagi formasida emas, ammo 7ta gol o'tkazish katta muvaffaqiyatsizlik. Hisobni Son Xyon Min ochgan edi. Biroq "Bavariya" APL vakillarini er tishlatishdi. Fantastik o'yin ko'rsatgan Serj Gnabri pokerd qayd etdi, Levandovski esa dubl.


2003 yil. "Monako" - "Deportivo" 8:3

"Tottenxem" va "Bavariya"ga 10talik bo'lishi uchun 1ta gol etmadi, monegasklar esa 2003 yilda ispanlar bilan o'yindagi gollar sonini 11taga etkazishgan. Bu rekord uzoq vaqt saqlanib turdi. Hujumchi Dado Prsho 23 daqiqada poker qayd etdi, "Deportivo" darvozaboni Xorxe Molinani esa 5ta goldan so'ng almashtirishgan.


2016 yil. "Borussiya" D - "Legiya" 8:4

CHL guruh bosqichining rekordi Dortmundda sodir bo'lgan. "Borussiya" va "Legiya" "Signal Iduna Park"da 12ta golli yorqin shou amalga oshirishgan. Polshaliklar hisobda oldinda edi, biroq nemislar bahsni yirik hisobdagi g'alaba bilan yakunlashdi. SHinji Kagava dubl, Marko Roys esa  xet-trik qayd etdi, mehmonlarda esa Aleksandar Priyovich 2ta gol urishga erishdi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика