So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  20 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  6 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  9 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  12 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

CHiroyli o'yin, irodali g'alaba va soyadagi qahramon Yangiliklar

CHiroyli o'yin, irodali g'alaba va soyadagi qahramon

OCHL G'arb mintaqasida chorak finalga qura tashlandi.

Unga ko'ra, Toshkentning "Paxtakor" klubi Eronning "Persepolis" jamoasi bilan yarim final uchun bahs olib boradi. Qura va "sherlar"ning raqibi haqida keyinroq. Hozir O'zbekiston chempionlarining nimchorak finalda "Istiqlol" ustidan qozongan g'alabalariga to'xtalib o'tamiz.

"Paxtakor" o'yinni mana shunday tarkibda o'tkazdi.


Agressiv raqibga qarshi ham o'z o'yinini ko'rsata olgan "Paxtakor"

Nimchorak final o'yinidan oldingi maqolamda "sherlar"ning guruh bellashuvlaridagi o'yinlarini alohida etirof etib o'tgandim. Futbolchilar har o'yindagi ustunlikni hisobda ham aks ettirishlari lozim edi.

SHu kecha "Paxtakor" qarshisida juda ham tajovuzkor jamoa paydo bo'ldi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Piter Xyuistra ham aytib o'tganidek forslar oldingi ikkita o'yinlariga qaraganda ancha tajovuzkor va kurashlarda keskin harakat qilishdi, ko'p epizodlarda raqibni ayashmadi. Aksincha, kurashlardan keyin o'zlari muvozanatni yo'qotgan vaziyatlarda esa bor ovozlarida baqirib hakamni o'yin qoidasi buzilganiga ishontira olishdi.

Bu epizodda chap qanot himoyachisi Milad Zakipuri va markaziy himoyachi Ro'zbeh CHeshmi havodan kelayotgan to'p uchun kurashda bir-birlariga to'qnashib ketishmoqda, CHeran esa ularga umuman tegmayapti. Aksincha, Draganning qo'li ularning orasida qolib ketdi. Bu erda kimdir lat eyishi mumkin bo'lsa, bu CHeran edi. Har holda uning qo'li ikkita "shkaf"ni orasida qolib ketgandi. Himoyachilarning har ikkisi muvozanatni yo'qotib yiqildi va baqirishga tushib ketdi, hakam esa ularning suniy ovoziga uchdi va bizning futbolchi qoida buzdi deb topdi.


Raqibning agressiv o'yiniga qaramay SHota Arveladze shogirdlari ustunlikni qo'lga olishdi va uni bahs yakuniga qadar forslarga berishmadi. SHu kuni muxlislar futboldan lazzat olishdi desam mubolag'a ishlatmagan bo'laman. Himoyada tartibli o'yin, hujumlarni u qanotdan bunisiga tezda ko'chirish, zarbalar, ikkinchi qavatdagi ustunlik va gollar. Aslida, oldingi bellashuvlarda ham yuqoridagi sifatlar namoyish etilayotgandi, oxirgisidan tashqari. Nihoyat, bu safar o'sha oxirgisi, yani gollar ham bo'ldi.

Jarimadan o'tkazib yuborilgan golda Ali Karimining mahorati va Eldor Suyunovning kichik xatosi bo'ldi. Eldor nimada xato qildi? U jonli devorni to'g'ri qo'ygandi, yani bo'yi baland futbolchilar odatda yaqin burchak tomonga qo'yiladi. Agar jonli devorning chap tomonida baland bo'yli o'yinchilarimiz turganida gol bo'lmasligi mumkin edi degan fikr esa to'g'ri emas. CHunki, Karimi to'pni jonli devordan oshirmadi, uning yonidan aylantirdi to'pni. Darvozabonning jarimadagi yagona xatosi zarba berilganda to'pni yaqin burchakka yo'naltirilishini taxmin qildi va o'zidan o'ngga bir qadam tashladi. O'sha tashlangan birgina qadam xato bo'lib chiqdi. Ehtimol, u o'ngga siljimaganida to'pni qaytarishi mumkin edi. Menimcha, u jarimadan yana gol o'tmazmaslikni juda ham xohlab yubordi va tavakkal qilib o'ngga siljidi. Baxtiga keyinchalik uning kichik xatosidan o'tkazib yuborilgan golni jamoadoshlari ikkita gol bilan yuvib yuborishdi. O'tkazib yuborilgan goldagi hakamning noto'g'ri qarori esa boshqa mavzu.


O'tkazib yuborilgan gol "Paxtakor" o'yinchilarini biroz asabiylashtirdi. Garchi, oldingi daqiqalardagidek to'p nazorat qilingan bo'lsada, ggoldan keyin 5-6 daqiqa davomida xatolar yuzaga kela boshladi. Pas berish kerak bo'lgan pallada Sobirxo'jaev to'p bilan yurishda davom etib uni yo'qotdi, Masharipovda, CHeranda to'pni yo'qotib qo'yish kuzatildi. Yaxshi-ki, yigitlar tezda o'zlariga kelib olishdi. 43-daqiqada ajoyib hujum samara berdi. Alijonovning asal pasini CHeran ko'kka sovurmadi, 1-bo'limni mag'lub holda tark etmasligi kerak bo'lgan jamoa muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'lim avvalidagi kombinaciya, Sobirxo'jaevning oxirgi pasi va Derdiyokning goliga "Bavariya" ustozi Flik ham qarsak chalib qo'ygan bo'lardi. Bu golni va ungacha bo'lgan jarayonni qayta-qayta ko'rib lazzatlanish mumkin. SHu kuni Alijonov, CHeran, Sobirxo'jaev va boshqa futbolchilar ham bellashuvni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi. Uchrashuvdan keyin OFK Dragan CHeranni eng yaxshi o'yinchi deb elon qildi. U bunga munosib bo'ldi. Lekin, shu kuni boshqa bir o'yinchining harakatlari hammaning ham nazariga tushmagandek bo'ldi. Men uchun eng yaxshisi Alijonov ham, CHeran, Masharipov yoki Sobirxo'jaev ham emas, aynan o'sha futbolchi bo'ldi. Lekin, bu haqda biroz pastroqda batafsil to'xtalaman.


SHota Arveladzening tasiri

Oxirgi ikkita o'yinda bosh murabbiy SHota Arveladze karantinda bo'lgani sabab maydon chetida bo'lmayapti. Lekin, mashg'ulotlarda ham, o'yinda ham bevosita uning ko'rsatmalari asosida ishlanmoqda. Albatta, bunday qiyin pallada uning yordamchilari zimmasiga yanada ko'proq vazifalar tushishi tabiiy. Asosiy tarkibni belgilash, o'yin davomidagi o'zgarishlar, o'yinchi almashtirishlar barchasi Arveladze bilan maslahatlashgan holda amalga oshirilmoqda. Hujum va o'ng qanot yarim himoyasining yangilanishi, markazga Sardorning o'rniga odatdagidek Abror Ismoilov emas, Kozakning tushirilishi va bahs oxirlarida ikkala qanot himoyasining yangilanishi bu bevosita bosh murabbiy bilan maslahatlashib amalga oshirilgan. Har qanday holatda oxirgi gapni bosh murabbiy aytadi. Masalan, 84-daqiqada Sobirxo'jaev o'rniga Ismoilov emas Kozak tushirildi. CHunki, Vladimir universal o'yinchi. Vaziyat taqozo etsa chap qanot himoyada ham, agar oxirgi daqiqalarda murabbiylar 3 markaziy himoyachi bilan o'ynashni maqul topishsa uchinchi himoyachi bo'lib olishi ham mumkin edi. Yakunda shunday bo'ldi ham. Oxirgi daqiqalarda murabbiylar chap himoyaga Kozakni o'tkazishdi, o'ngga esa SHerzod Azamov tushirildi.


Yaxshi o'ynasang va gollar ursang xatolar ham bilinmay ketadi

Aynan shunday. Ajoyib o'yin va g'alabaga etarli darajada urilgan gollar o'yin davomidagi xatolarni yuvib ketadi. Eldor Suyunovning jarimadan o'tkazib yuborilgan goldagi xatosi, keyinroq 55-daqiqada to'p bilan qochib ketgan Mehdi Gaedining qarshisiga yugurib chiqishdagi xatosi, Dragan va Jaloliddinning to'pni oldirib qo'yib qarshi hujumga sabab bo'lgani, Alijonovning bir vaziyatda to'pni oldirib qo'yib xavf olib kelgani, ikkinchi bo'lim oxirlarida foydalanilmagan qarshi hujumlar, bularning barchasi chiroyli o'yin va kerakli natija fonida bilinmay ketadi. "SHerlar"ga aynan gollar etishmayotgandi.


Soyadagi qahramon

Maqolaning so'nggi qismiga ham etib keldik. SHu kuni CHeran, Sobirxo'jaev, Masharipov, Alijonov, Hamrobekov, Derdiyok va boshqalar ham yaxshi o'ynashdi. Eldor Suyunov ham ikki vaziyatda xato qilgan bo'lsada, yana ikki marta Diabatening deyarli birga-bir holatda bergan zarbalarini qaytardi. Dragan esa "man of the match" bo'lganini yozdim. Lekin, men uchun "Paxtakor" - "Istiqlol" uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi boshqa futbolchi bo'ldi. Bu - Anzur Ismoilov. Jamoaning to'pni oldinda nazorat qilishi va hujumlari fonida ko'proq hujumga o'tadigan o'yinchilar yarqiragandek bo'ldi. Ammo, Anzurning markaziy himoyadagi juda katta mehnati olqishlarga loyiq. "Istiqlol"ning juda ko'p hujumlarini aynan tajribali himoyachimiz qaytarib turdi. Havodan uzatilgan to'plarni ham, erdan berilgan paslarni ham eng ko'p Anzur bartaraf etdi. U faqat bitta xatoga yo'l qo'ydi. 55-daqiqada markazga yugurib chiqib to'pni o'tkazib yubordi. O'sha xatoning davomida Suyunov oldinga yugurib chiqdi va Gaedi tomonidan aldandi. Keyin Mehdining zarbasini Krimec qaytardi, hujumning davomidan keyin Diabatening yaqin masofadan tepgan to'pini Eldor ushlab oldi. Ko'ryapsizmi, bitta xato va qancha xavf. Lekin, shu birgina xato Anzurning 90 daqiqa davomidagi fantastik o'yiniga soya sola olmaydi. "Paxtakor"ning har ikkala golini yana bir marta ko'rib chiqishni tavsiya qilaman. Ikkala golda ham hujumni aynan Ismoilov boshlab bergan. Boshqa yigitlarga hurmatni saqlagan holda aytaman-ki, ko'plab to'plarni qaytarish va gollarda hujumni boshlab berishni uddalagan Anzur Ismoilov shu kuni maydondagi eng zo'ri bo'ldi.








Tolibjon Qosimov

Doha, Qatar

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика