So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

CHiqish eshiklari kimga ochiladi yoxud qaysi jamoada istefo ko'ramiz? (tahlil) Yangiliklar

CHiqish eshiklari kimga ochiladi yoxud qaysi jamoada istefo ko'ramiz? (tahlil)

Mavsumning murakkab pallasida turibmiz.

Jamoalar yil boshida qo'yilgan vazifalar, maqsadlar sari yaqinlashmoqda yoki aksincha. Kerakli natijani qila olmaganlar bilan klublar mavsum boshidayoq xayrlashdi. Qolgan klublarda ham bugunga kelib shunday holatlar kuzatila boshlandi. Yarim yo'lda "aravani" tortish qiyinlashdi. To'g'ri ular uchun hech narsa yo'qotilmagan. Lekin vaziyat borgan sari shunga qarab ketmoqda. Xo'sh, istefo degan eshik qaysi jamoa murabbiyiga ko'rsatiladi? 

"Navbahor" - Yaqin orada istefo yuz berishi ehtimoli oshgan klub. Ayniqsa "Paxtakor" bilan uchrashuvdan so'ng Samvel Babayanga bu borada katta ogohlik qo'ng'irog'i kelgan. Bizdagi malumotlarga ko'ra, rahbariyat "Al Vakra" to'sig'idan o'ta olmagan taqdirda Babayanni istefoga chiqarish masalasini jiddiy muhokama qiladi. Lekin tomoni shuki, "Navbahor" oldida hali kubok va chempionatda g'olib chiqish imkoniyati yo'qolmagan. Aynan shu faktor Babayanni "Navbahor"da qolishiga va mavsumni oxiriga etkazib qo'yishiga sabab bo'ladi. Barcha narsa 22 avgust oqshomidan so'ng yanada oydinlashadi. 


"Nasaf" - Ro'ziqul Berdiev uchun bu yilgi mavsum "Nasaf"dagi oxirgisi bo'lishi ehtimoli yo'q emas. Jamoa oldiga chempionlik vazifasi qo'yilgan va bu borada yozda rahbariyat kerakli transferlarni qilib berdi. Muammoli chiziq hujum, hujumkor yarim himoya poziciyasiga kerakli o'yinchilar olindi. Lekin jamoa hozirda ko'rsatayotgan o'yin, uslub tarkibdagi futbolchilarning salohiyatiga mos emas. Ikkinchi davrada esa yo'qotiladigan ochkolar yo'qotib bo'lindi. Kubok esa "Nasaf" uchun yangilik hisoblanmaydi. Ayni paytda jamoa to'rtinchi o'rinda ketmoqda. Peshqadamdan 6 ochko ortda. Undan pastdagi OKMKdan 2, "Surxon"dan 3 ochko oldinda. "Surxon" esa keyingi turda Toshkentda "Nasaf"ni qabul qiladi. CHempionatda sovrindorlar qatoridan qolib ketishi esa Ro'ziqul Berdievnin 11 yildan so'ng klubni tark etish imkoniyatini oshiradi. Bo'lgan taqdirda ham mavsum yakunlangach yuz beradi.  Aslida bu alohida katta va chuqur yondashiladigan mavzu. 

OKMK - Rahbariyat Mirjalol Qosimovga ishonishda davom etadimi yoki yo'q Qatardagi natija va chempionatdagi ko'rsatkichlarga bog'liq, deb o'ylayman. OKMK bunday tarkib bilan sovrindorlar qatoridan chetda qolsa, OCHL pley-off uchrashuvida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa,  chinakam "proval" hisoblanadi. Oldinda "konchilar"ni ikki vodiy klublariga qarshi o'yinlar kutyapti. 26 avgust kuni hali mag'lubiyatga uchramagan "Neftchi"ni Olmaliqda qabul qilsa, 30 avgust kuni Namanganga "Navbahor" maydoniga safar qiladi. Bu o'yinlarda maksimal ochko to'plashi shart. Aks holda sovrinli o'rinlardan quruq qolishi aniqlashib boradi. Bu esa Qosimovga chiqish eshiklarini ko'rsatilishi uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. 


"Qizilqum" - Klub yaqinda tajribali murabbiy Tachmurod Agamurodov bilan xayrlashdi. Endilikda barcha masuliyat Jamshid Saidovning zimmasida qolgan. Umuman olganda klub oxirgi o'rinda borayotgan bo'lsada, elitada qolishdan umid butunlay uzilmagan. "Buxoro" bilan ochkolar teng, "Turon"dan 2, "Metallurg"dan 6 ochko farqi bilan ortda qolyapti. "CHo'kayotgan odam cho'pga ham suyanadi". Ayni paytda oxirgi o'rinda ketayotgan "Qizilqum" uchun hozir 1 ochko ham ochko hisoblanadi. Lekin o'sha ochkoga ega chiqish ham murakkablashib bormoqda. Fikrimcha, hozirgi vaziyatdan kelib chiqib Jamshid Saidov istefoga chiqmaydi. Bordi-yu, rahbariyat natijalardan qoniqmasa tavakkalga qo'l uradi. 

➖"Qizilqum" navbatdagi uchrashuvini 19 avgust kuni Qarshida "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi. 

➖Avgust oyining so'nggi kunlarida Navoiyda chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor"ni qabul qiladi. 

FIFA kunlaridan so'ng Toshkentda bu yil barqaror o'yin ko'rsatayotgan va kerakli natijalarga erishayotgan "Surxon" bilan to'qnash keladi.

Yuqoridagi 3ta uchrashuv ligada qolish imkoniyati va murabbiylar shtabining faoliyatiga katta tasir qiladi.


"Paxtakor" - Mehmondagi so'nggi ikki uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" o'ziga ishonchni oshirib oldi va yana ravon yo'lga qaytmoqda. Turnir jadvalidagi eng yaqin raqobatchisi safarda mag'lub etildi, Qarshidan bir ochko bilan qaytildi. Buyog'iga taqvim va raqiblar nisbatan engilroq. Og'iri ortda qoldi. Dragan CHeran gol urib tursa, oltin medallar "Paxtakor"niki. Demak SHackixning istefoga chiqmaslik ehtimoli 90 foiz kundek ravshan. Oldinda chempionlar ligasi uchrashuvlari va chempionat bahslari davom etadi. Kutilmagan natijalar, ketma-ket ochko yo'qotishlar, mag'lubiyatlar bo'lmasa, "Paxtakor"da murabbiyga chiqish eshiklari bu yil ochilmaydi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика