So’nggi yangiliklar

12:56"Пахтакор" ва ўзбек футболи афсоналаридан бири Аҳрол Иноятов 80 ёшда  1 12:43Коларов Кивунинг "Интер"даги штабига киради. У Сербия ёшлар терма жамоасини бошқараётган эди  0 11:41Аллегри "Милан" Адриен Рабьо билан шартнома имзолашини хоҳлайди  0 11:10ЖЧ-2026 саралаши. Анчелотти Бразилияни Жаҳон чемпионатига олиб чиқди  2 11:00Пролига. Бугун 9-турга старт берилади  0 10:38Марк-Андре тер Штеген фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  4 10:11Италия термасини бошқаришга асосий номзод маълум  4 09:45Клоппнинг икки нафар собиқ ёрдамчилари “Манчестер Сити“ билан шартнома имзолади  3 09:18He we go! “Ливерпуль“ ёзнинг энг катта трансферини ҳал қилди  5 08:51Клаудио Раньери қарорини маълум қилди  2 08:23Суперлига. 12-тур ҳакамлари маълум  2 07:55Расман: Жоб Беллингем — “Боруссия Д“ футболчиси  2 07:20Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ йирик ҳисобда ғалаба қозонган ва мухлислар маза қилган учрашувдан СУПEРГАЛEРEЯ  8 06:50Ўртоқлик учрашуви. Англия тарихда илк бор Африка терма жамоасига мағлуб бўлди  3 06:00Шавкат Мирзиёев футболчиларга BYD совға қилди  5

"CHig'atoy"da hakamlar yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda Superligadan chetlatilganlar ham ishtirok etishdi Yangiliklar

"CHig'atoy"da hakamlar yig'ilishi bo'lib o'tdi, unda Superligadan chetlatilganlar ham ishtirok etishdi

Teglar :  Hakamlar
Bugun 11 iyul kuni “CHig'atoy” sport bazasida O'zbekiston futbol associaciyasining Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan yig'ilish o'tkazildi.

Yig'ilishda Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov, Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov, boshqarmaning boshqa mutasaddi xodimlari hamda Superliga va Pro-liga o'yinlarini boshqarib kelayotgan hakamlar ishtirok etishdi.

Xabaringiz bor, Superliganing “So'g'diyona” — “Metallurg” o'yinida ishlagan Aziz Asimov hamda “Qo'qon-1912” — “Lokomotiv” uchrashuvini boshqarib borgan Ilgiz Tantashevlar bellashuvlar natijasiga bevosita tasir ko'rsatuvchi bir qancha xatolarga yo'l qo'ygan sabab Superliga hamda Pro-Liga o'yinlaridan chetlashtirilgan edi.

Ushbu yig'ilish davomida yuqorida nomlari qayd etilgan hakamlarning o'yinlarda qilgan xatolari muhokama qilindi. Xususan Professional futbol ligasi Bosh direktori Omon G'ofurov bu ikki hakamga qo'llanilgan choralar qolgan hakamlar uchun dars bo'lishi kerakligi, o'yinlarni halol va sidqiqdildan boshqarish shart ekanligini aytib o'tib, hakamlarga o'z ustilarida ko'proq ishlashni, o'yindan o'yinga yo'l qo'yilayotgan xatolarni kamaytirib borish shart ekanligini takidlab o'tdi.

Yig'ilishda boshqa hakamlarning o'yin davomidagi xatti-harakatlari ko'rib chiqildi. Jumladan, “AGMK” - “Neftchi” o'yinini boshqargan Temur To'xtasinovning hakamlik ishi ham tanqidiy tahlil qilindi va uchrashuv davomida yo'l qo'ygan xatolari ko'rsatib o'tildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика