"CHig'atoy" sport majmuasida hakamlar nazoratchilari uchun seminar bo'lib o'tmoqda
29 jan 2019 10:50
Yangiliklar


"CHig'atoy" sport majmuasida hakamlar nazoratchilari uchun seminar bo'lib o'tmoqda
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish va hakamlarning mahoratini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, "CHig'atoy" sport majmuasida hakamlar nazoratchilari uchun o'quv-seminari boshlandi. Seminarning tajribali mutaxassis Vladislav Ceytlin olib boryapti. Seminar davomida hakamlar nazoratchilari o'yin qoidalari bo'yicha videotestlar topshirishmoqda. Bundan tashqari, nazariy bilimlarini tekshirish imtihonlari ham o'tkaziladi.
Mazkur seminar 30 yanvarga qadar davom etadi. Sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan hakamlar nazoratchilari yangi mavsumda Superliga uchrashuvlarida faoliyat olib borishlari mumkin bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar