So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

CHexiyada o'ynayotgan turkmanistonlik futbolchi: "Odil Ahmedovga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman" Yangiliklar

CHexiyada o'ynayotgan turkmanistonlik futbolchi: "Odil Ahmedovga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman"

Turkmaniston terma jamoasi o'z tarixida ikkinchi bor Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etadi.

2004 yilgi debyut musobaqada terma jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan Komil Mingazovning o'g'li Ruslan ayni paytda BAAdagi musobaqaga tayyorgarlik ko'rmoqda. Futbolchi OFK rasmiy saytiga intervyu berdi.

"2004 yilgi musobaqani juda yaxshi eslayman, otam o'shanda terma jamoa sharafini himoya qilardi", - deydi 2014 yildan buyon CHexiya klublarida o'ynab kelayotgan Ruslan Mingazov.

"Turkmaniston yaxshi o'yin ko'rsatgandi, ular bilan doim faxrlanamiz. Endi biz ularning natijasini yaxshilashimiz darkor".

"Osiyo Kubogiga chiqqanimizdan xursandmiz. Bu Turkmaniston uchun juda katta natija hisoblanadi. Imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz. Sababi bu erga chiqishni juda uzoq kutdik".

2004 yil Xitoyda o'tgan Osiyo Kubogida Turkmaniston debyut uchrashuvda Saudiya Arabistoni bilan mardonavor o'yin ko'rsatib, 2:2 hisobida durang qayd etishgandi. Ammo Iroq hamda O'zbekistonga yutqazib qo'ygan qo'shnilarimizga guruhdan chiqish nasib qilmagan.


2004 yil. Xitoy. Osiyo Kubogi. Komil Mingazov 7-raqamda



"Osiyo Kubogidagi guruhimiz juda ham kuchli hisoblanadi. Yaponiya Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri, Rossiyadagi Jahon chempionatida juda yaxshi o'ynashdi", - deydi Mingazov.

"O'zbekiston bizning qo'shnilarimiz, ular bir necha bor kuchli raqiblarni mag'lub etishning uddasidan chiqishgan. Ummon esa texnik tomonlama kuchli va syurpriz taqdim etishi mumkin. Biz guruhdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz, ammo tengma-teng o'yin ko'rsatishga harakat qilamiz".

"Odil Ahmedov - menga yoqadigan futbolchilardan biri, unga qarshi o'yinni sabrsizlik bilan kutayapman. Unga o'xshagan futbolchilar jamoaga ishonch bag'ishlashadi, kuchlilarga qarshi o'ynash doim yoqimli".


"Terma jamoa ustozi Yazguli Xojageldiev "Oltin Asr" klubida ham bosh murabbiy bo'lib ishlaydi. Oxirgi bir yilda juda katta yutuqlarga erishdi. U futbolchilarning o'sishiga katta yordam berdi", - deydi bugungi kunda CHexiya birinchi ligasida "Prshibram" klubi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi.



Ruslan Mingazov faoliyati davomida "Ashxobod", "Skonto" (Latviya), "Yablonec" (CHexiya), "Slaviya" (CHexiya), "Mlada-Boleslav" (CHexiya) kabi klublarda o'ynagan. futbolchi 2009 yildan buyon Turkmaniston terma jamoasi safida 18ta o'yin o'tkazib 4ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика