CHex: "Arsenal" mavsumning qolgan barcha uchrashuvida g'alaba qozonishga harakat qiladi"
12 mar 2018 13:06
Yangiliklar


CHex: "Arsenal" mavsumning qolgan barcha uchrashuvida g'alaba qozonishga harakat qiladi"
"Arsenal" posboni Petr CHex Premer-liganing 30-turida "Uotford" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.
"Uotford" birinchi bo'limda juda xavfli edi va bir nechta yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. Keyin ikkinchi bo'limda biz 2:0 hisobida oldinga o'tib oldik va penaltidan so'ng darvozamizni quruq saqlab qoldik.
Mavsumning birinchi qismida 18ta g'alabaga erishdik, 9tasida gol o'tkazmadik. O'shanda darvozamni 199 marta quruq saqlashga erishdim. Yana gol o'tkazmaslik uchun yana 11ta uchrashuv o'tkazish kerak bo'ldi.
Bu oldinga tashlangan qadam. Mavsumni yuqori saviyada yakunlamoqchimiz va buni uddalashga ko'zimiz etadi. 8ta o'yin qoldi. "Arsenal" qolgan barcha bahslarda g'alaba qozonishga urinadi" - deydi CHex.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar