CHerchi "Torino" darvozasiga urgan golini nishonlamaydi
08 jan 2015 08:42
Yangiliklar


CHerchi "Torino" darvozasiga urgan golini nishonlamaydi
Ijara asosida "Milan"ga o'tgan, "Atletiko" hujumchisi Alessio CHerchi "Torino" darvozasiga gol ursa, uni nishonlamasligini malum qildi.
"Torino"ga urgan golimni nishonlaymanmi? Yo'q. Menda "Torino"ga bag'ishlangan tatuirovka bor. Bu klub mening yuragimda qolgan. Meni yaxshi kutib olishadi deb umid qilaman.
Agar boshqacha bo'lsa, bu muammo bo'lmaydi, chunki ularni oldida vijdonim toza" - deydi CHerchi.
"Torino" va "Milan" o'rtasidagi A Seriya 18-tur uchrashuvi 10 yanvarda bo'lib o'tadi.

Fikrlar