CHerchesov: “Bugun-erta shartnoma masalasini hal qilamiz”
27 iyu 2018 08:55
Yangiliklar
CHerchesov: “Bugun-erta shartnoma masalasini hal qilamiz”
“O'ylashimcha, yaqin kunlarda federaciya bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishamiz. Oldimizda Millatlar ligasi, Evropa chempionati singari katta musobaqalar bor. Bu turnirlarda ham o'z kuchimizni namoyish etishimiz lozim. Albatta, kutilmagan “qoqilish”lar bo'lishi tabiiy. Ammo harakat qilishdan to'xtamaslik lozim. Boshqa jamoalar bilan muzokara olib borganim yo'q. Faqat RFI bilan aloqadamiz. Bu mening uslubim”, deya vaziyatga oydinlik kiritdi CHerchesov.
Rossiya terma jamoasi CHerchesov qo'l ostida JCH-2018 chorak finaliga qadar etib bordi. Murabbiyning amaldagi shartnomasi avgustda nihoyasiga etadi.
Ilgariroq CHerchesovning RFI bilan tuzadigan yangi shartnomasida oylik maoshi yiliga turli bonuslar bilan 3 millioen evroni tashkil etishi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Fikrlar