So’nggi yangiliklar

01:08Конференциялар лигаси саралаши. "Фиорентина"дан суперкамбэк!  0 00:49Ўзбекистон U23 термаси Осиё Кубоги саралаши учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  49 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  3 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  6 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  28 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  75

CHeran yuzlik dovonga yaqin, 8 yillik tarix takrorlandi. "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvidan 7ta fakt Yangiliklar

CHeran yuzlik dovonga yaqin, 8 yillik tarix takrorlandi. "Paxtakor" - "Neftchi" uchrashuvidan 7ta fakt

Kecha oqshomda Superliganing ikkinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Paxtakor

Dragan CHeran - 51'

Superliga. 2-tur

10/03/2022, 18:30

0
:
1
Tugadi

Neftchi

45'
90'
51'  Dragan CHeran
60'  Kamen Xadjiyev
67'  Sardor Sobirxo’jayev (Oliver Sharkich)
67'  Azizbek Turg’unboyev (Sardor Rashidov)
82'  Aleksey Larin
90'  Xojimat Erkinov (Ruslan Roziev)
21'  Abror Ismoilov
28'  Anvarzhon G'ofurov
53'  Shahzod Ubaydullayev
60'  Oybek Qilichev (Husniddin G’ofurov)
60'  Ulug'bek Hoshimov (Izzat Abdullaev)
73'  Aleksandar Yeshich (Marko SHarich)
73'  Shahzod Ubaydullayev (Sirojiddin Qo'ziyev)
74'  Husniddin G’ofurov
88'  Lutfulla To’rayev
90'  Abbos G'ulomov (Sunnatilla Abdullazhonov)


Quyida mazkur o'yinga oid bir qator malumotlarni keltiramiz. 

1. "Neftchi"ning "Paxtakor" maydonidagi g'alabasiz seriyasi 3ta o'yinga etdi. Golsiz seriya ham xuddi shunday ko'rsatkichga ega. Farg'onaliklar 3ta uchrashuvdan beri "sherlar" darvozasiga yo'l topa olmayapti. 

10.03.2022. "Paxtakor" - "Neftchi" 1:0

31.03.2018. "Paxtakor" - "Neftchi" 3:0

12.08.2017. "Paxtakor" - "Neftchi" 6:0


2. "Paxtakor" "Neftchi" ustidan Superligadagi 27 g'alabasini qo'lga kiritdi. SHuningdek umumiy hisobda chempionat doirasida farg'onaliklar darvozasiga 93 golini urdi. 

3. Dragan CHeran "Paxtakor" libosida birinchi marotaba "Neftchi"ga gol urdi.  Ikkinchidan, serbiyalik futbolchining Superligadagi o'yinlari soni 141taga, gollari esa 99taga etdi. Bundan malumki, CHeran 100lik dovonni zabt etishiga bir qadam qoldi. 



4. Rustam Lutfullin kecha "Paxtakor"ning 4 uchrashuvida bosh hakam vazifasini bajardi. Fakt shuki, poytaxt klubi Lutfullin boshqargan o'yinlarda umuman mag'lubiyatga uchramagan. Bu shunchaki statistika, xolos. 


2020. "Metallurg" - "Paxtakor" 0:3

2021. "Paxtakor" - "Metallurg" 2:1

2021. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 3:0

2022. "Paxtakor" - "Neftchi" 1:0


5. Oxirgi marotaba "Paxtakor" 2014 yil "Neftchi"ni shunday natija bilan taslim qilgan, Kozak o'yindagi yagona g'alaba to'pipini kiritgandi. Demak tarix 8 yil o'tib takrorlandi.



6. Ushbu bellashuvni stadiondan bevosita 5130 tomoshabin kuzatdi. 

7. Abror Ismoilov "Neftchi" libosida "Paxtakor"ga qarshi Superligadagi ikkinchi qizil kartochkasini oldi. 







Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика