CHempionship start oldi! Kompani debyutidayoq g'alabaga erishdi
30 iyu 2022 09:25
Yangiliklar


CHempionship start oldi! Kompani debyutidayoq g'alabaga erishdi
Angliyada Premer-ligadan keyingi o'rinda turuvchi CHempionshipda 2022/23 yilgi mavsum boshlandi.
Ilk tur o'yini “Xaddersfild” hamda “Byornli” o'rtasida bo'lib o'tdi va unda mehmonlar himoyachi Yan Matsenning goli evaziga zafar (1:0) quchishdi.
“Byornli”ni joriy yil yozida Vensan Kompani qabul qilib olgandi. Bu 36 yoshli mutaxassis uchun yangi jamoasidagi omadli debyut bo'ldi. “Man Siti” sobiq futbolchisi bungacha “Anderlext”ga ustozlik qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar