CHempionship. “Fulxem” chempion bo'ldi, Mitrovich esa tarixiy rekord o'rnatdi
03 may 2022 08:40
Yangiliklar
CHempionship. “Fulxem” chempion bo'ldi, Mitrovich esa tarixiy rekord o'rnatdi
Avvalroq, “Fulxem” APLga chiqish masalasini hal qilib bo'lgandi.
CHempionship 45-turidan londonliklar “Luton”ni 7:0 hisobida taslim etib, musobaqa g'olibligini ham qo'lga kiritdi.
“Fulxem” safida dublga erishgan Aleksandr Mitrovich gollari sonini 43 taga etkazib, CHempionship tarixida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylandi. Avvalgi eng yaxshi natija esa 1992/93 yilgi mavsum “Portsmut” forvardi Gay Uittingem (42 gol) tomonidan qayd etilgandi.
Eslatib o'tamiz, CHempionship tugashiga bir tur qolgan va 27 yoshli Mitrovich 43 o'yinda 43+7 natija ko'rsatib turibdi.
Fikrlar