So’nggi yangiliklar

15:38"Челси" Франция клубидан ҳимоячи олмоқда  0 15:10"Барселона" Рэшфордни ижарага олади  5 14:4715 ёшли футболчи ЖЧда ўйнамоқчи  0 14:22Эшитдик-да! "Машъал" ганалик футболчи билан келишувга эришди  1 14:05"Реал" ва "Барселона" Испания Кубоги чорак финалидаги рақибларини билиб олди  13 13:39"Лечче" футболчиси Аморимнинг биринчи хариди бўлиши мумкин  0 13:13ОФКнинг "Pro" лицензияси бўйича мураббийлик ўқув-курсининг 3-модули Бельгияда давом этмоқда  0 12:45"Бунёдкор" мураббийлар штабида италиялик мураббийлар иш бошлади  5 12:26"Барселона" "Жирона" билан келишолмаяпти  1 12:05"Хоразм" Суперлигада уй ўйинларини қаерда ўтказади?  10 11:55"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановнинг африкалик тенгқурини сотиб олишга яқин  27 11:31Расмий хабар: "Хоразм" Суперлигада ўйнайди, фақат...  22 11:10Расмий хабар: Шукурали Пўлатов Про лига дебютанти билан шартнома имзолади  2 10:20Абдуқодир Ҳусанов нима учун 45-рақамни танлаганини айтди   42 10:15Майкл Бабатунде "Машъал" билан хайрлашди  2

CHempionning muvaffaqiyatsizliklari: "Milan"dagi jiddiy pasayishning sabablari (mutolaa uchun) Yangiliklar

CHempionning muvaffaqiyatsizliklari: "Milan"dagi jiddiy pasayishning sabablari (mutolaa uchun)

"Rossoneri" muammolari haqida.

"Milan" mavsumning birinchi yarmida unchalik barqaror emasdi, ammo A Seriyada yuqori o'rinlar uchun imkoniyatlar saqlanib qolgan edi. "Inter" va "Yuventus" ochkolar yo'qotishdi, shu sabab "rossoneri"da qaysidir payt joriy mavsum "Napoli" bilan chempionlik uchun kurashish imkoniyati bor edi. Ammo, "qizil-qoralar"da jahon chempionatidagi tanaffusdan so'ng barchasi noto'g'ri ketdi.

Ketma-ket uchta mag'lubiyat va barcha musobaqalardagi etti o'yinlik g'alabasiz seriya Stefano Pioli jamoasini top-4 uchun kurashga tashladi. "Torino" ustidan g'alaba bunday holatda maqtanishga arzimaydi. "Milan" bunga qadar ham barqaror emasdi, hozir esa to'liq o'z joyidan qo'zg'alolmayapti. Buning esa sabablari bor.


Asosiy darvozabonning jarohati

Mayk Menyan "Milan"ga "Lill"dan 2021 yilning yozida 15 million evro evaziga o'tdi. Francuz tezda PSJga ketgan Janluiji Donnarummaning o'rnini egalladi. U "San-Siro"dagi ilk mavsumida 17ta "quruq" o'yin o'tkazgan holda, A Seriyaning eng yaxshi darvozaboniga aylandi.

Menyan "rossoneri"ning chempionligida katta hissa qo'shdi. U joriy mavsum Italiya birinchiligida faqatgina 7ta o'yinda madyonga tushdi. Francuz jarohat oldi va shu sabab oktyabrdan beri o'ynamayapti. Uning o'rnini CHiprian Teterushanu egalladi, ammo uning ishlarini zo'r deb aytib bo'lmaydi.



Ruminiyalik darvozabonning katta tajribasiga qaramay, jamoani qutqarib qolish doim ham o'xshamayapti. 36 yoshli darvozabon joriy mavsum A Seriyadagi 15ta o'yinda 22ta to'p o'tkazib yubordi. Bu o'yin davomida o'rtacha 1,5ta degani, ancha ko'p.

Teterushanuni oqlash sifatida ko'rsatish mumkinki, "Milan"ning orqa chizig'ida umuman katta muammolar bor. Mudofaa o'yinchilari standartlarni yaxshi bartaraf etishmayapti va oldin ishonli o'ynagan jihatlarida xatolar qilishmoqda. Darvozabon aybni himoyachilarga, ular esa posbonga ajdara olishmaydi. Muammo o'zaro bog'langan.


Psixologik muammolar

"Rossoneri"ning ishonchsiz harakatlarini psixologik muammolar bilan bog'lash mumkin. Natijalar har qanday jamoaga bosim o'tkazadi, "qizil-qoralar"ning natijalari esa ideallikdan yiroq. "Milan" 2023 yilning o'zida uch bor yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi.

"Rossoneri" "Lacio" (0:4) va "Sassuolo" (2:5), shuningdek Italiya Superkubogi uchun "Inter" (0:3) bilan o'yinda yutqazdi. SHundan so'ng "neradzurri"dan yana bir mag'lubiyat qabul qilib olindi, ammo bu minimal hisobda. Doimiy ochko yo'qotilishi, erta Italiya kubogidan chiqib ketish va ketma-ket 2ta derbini boy berish jamoaga ishonch bermaydi.

"Milan" ortiq jamoa hisoblanmaydi. Ular jamoa sifati bilan o'ynagan holda, skudettoni qo'lga kiritishdi, ammo endilikda bu sifatni yo'qotishdi. SHunaqasi ro'y berishi mumkin. Yoshlar bilan ishlaganda sabrli bo'lish kerak. Bu yosh yigitlar o'zgacha vaziyatga tushib qolishdi: skudettoni adolatli yutgan holda, bosh sahnaga chiqib qolishdi. Bu beqarorlikka olib kelishi mumkin", – deydi "qizil-qoralar" sobiq ustozi Arrigo Sakki.



Pioli jamoa o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotayotganini tasdiqladi:

"Ko'plab narsalar ishlamayapti, ruhiy jihatdan ham, taktik jihatdan ham. So'nggi o'yinlardagi salbiy natijalar bizdan o'zimizga va o'z kuchimizga ishonchni olib qo'ydi. Biz ayrim jarohatlangan futbolchilar va eng yaxshi formalarida bo'lmagan o'yinchilar bilan zo'r ko'rinmayapmiz. Biz barchasini boshidan boshlashimiz kerak", – deydi "Milan" bosh murabbiyi.


Muhim o'yinchilardagi pasayish

Birinchi navbatda bu Teo Ernandes va Olive Jiruga tegishli. ikkisi ham jahon chempionatidan zo'r formada qaytishmadi. Teo so'nggi uch mavsum A Seriyada gol+pas tizimida 10 ochko to'plagandi. 25 yoshli fulbekning hisobida joriy mavsum 2ta gol va 3ta assist bor.

Francuz 2023 yilda har bir o'yinda 90 daqiqa o'ynaganiga qaramay, bittagina assist ijro etdi. Ernandesning past samaradorligi birinchi navbatda jamoaning hujumdagi imkoniyatlarida yomon ko'rinmoqda, sababi doim uning qanotidan raqiblar uchun ko'plab xavfli vaziyatlar yaratilardi.



Ushbu fikrlar Jiruga ham tegishli. Zlatan Ibragimovichning uzoq muddat safdan chiqishidan so'ng francuz "rossoneri"ning bosh kuchi bo'lishi kerak edi, ammo unda doim ham samaradorlik o'xshamayapti. 36 yoshli hujumchi jahon chempionatidan qaytganidan so'ng faqatgina 2ta gol urdi.

Jiru "qizil-qoralar" uchun chempionlik mavsumida jamoaning eng yaxshi to'purariga aylangandi. U joriy mavsum darvoza tomon ko'plab noaniq zarbalar yo'llamoqda (26 marta). Undan ko'p faqtagina Lautaro Martines (33 zarba) xato tepgan, ammo shu bilan birga "Inter" forvardi Jirudan ko'ra 2 karra ko'p gol urgan. "Torino"ga qarshi o'yindagi golli hujum mualliflari Ernandes va Jiru bo'lishdi, shunday ekan hali barchasi iziga tushishi mumkin.



Muvaffaqiyatsiz transferlar

"Milan" o'tgan yozda transferlar uchun 36 mln evro sarfladi. Undan 32 million "Bryugge"dan SHarl de Ketelare bilan shartnoma imzolashga ketdi. Belgiyalik o'tgan mavsum o'zining chempionatida 14ta to'p kiritgandi, shundan so'ng unga top-klublar qiziqish bildirishni boshlagandi.

"Rossoneri" barchadan o'zib ketdi va istiqbolli o'yinchini o'z safiga qo'shib oldi, ammo uning italyan chempionatidagi ishlari yurishayotgani yo'q. 21 yoshli xavbek joriy mavsum A Seriyada 18ta o'yinda faqatgina bitta assist qayd etdi. Bu hujumkor yarim himoyachi uchun juda ham zaif ko'rsatkich.



Qolgan transferlar ham hali o'zini oqlamadi. "Barselona"dan ijaraga olingan Serjino Dest "qizil-qoralar" uchun jiddiy kuchayish bo'lmadi. Amerikalik maydonda bir o'yinda atigi 40 daqiqa to'p tepmoqda. Ijara futbolchi uchun manosizdek ko'rinmoqda, sababi u Kataloniya klubida ko'proq o'ynagandi.

Huddi shunday holat Divok Origiga ham tegishli. Belgiyalik "Liverpul"dan o'yin vaqti va gollar uchun ketgandi, ammo "Milan"da unisi ham, bunisi ham yo'q. Hozircha Pioli aytganidek jamoada ko'p narsa o'xshamayapti. Albatta, titulni saqlab qolish haqida gap ketmayapti, ammo mavsumni qutqarish mumkin.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика