CHempionlikdan top-4 uchun kurashgacha: "Barselona"ning pasayish sabablari nimada? (mutolaa uchun)
01 jan 23:19
Yangiliklar
CHempionlikdan top-4 uchun kurashgacha: "Barselona"ning pasayish sabablari nimada? (mutolaa uchun)
"Barselona" o'tgan mavsum Ispaniya chempioniga aylandi va milliy Superkubokni yutdi. Bu esa evrokuboklardagi muvaffaqiyatsizlik va jamoa o'yini uchun murabbiylar shtabiga bo'lgan tanqidni yuvib ketdi. Ammo, malum bir vaqtga. Joriy mavsum muammolar qaytdi. Kataloniyaliklar guruhda birinchi o'rin bilan CHempionlar ligasi pley-offiga chiqishdi, ammo milliy birinchilikda qiyinchilikka uchrashmoqda.
"Ko'k-anorranglilar" mavsumning birinchi yarmidan so'ng La Liga jadvalida etakchilar "Jirona" va "Real"dan 7 ochko ortda qolgan holda 4-o'rinda borishmoqda. "Barselona" tatildan keyin muvaffaqiyatsiz natijalar bo'lsa birinchi to'rtlikdan tushib qolishi mumkin. Ha, kataloniyaliklarning CHLdagi o'yinlari ham unchalik zo'r emas. Bugun "Barsa"ning pasayish sabablarini muhokama qilamiz.
Mudofaadagi muammolar
"Barselona" o'tgan mavsum mudofaadagi o'yinda juda yaxshi ko'rsatkichlar qayd etdi. Kataloniyaliklar Evropada ko'plab "quruq" o'yinlarni o'tkazishdi va La Ligada atigi 20ta to'p o'tkazib yuborishdi. Darvozabon Mark-Andre ter SHtegen ham ajoyib mavsum o'tkazdi. Ammo, buni takrorlashning uddasidan chiqilmayapti. "Ko'k-anorranglilar" joriy mavsum tanaffusga qadar ko'p to'p o'tkazib yuborishmoqda. "Barselona"ga birinchi taymda "Jirona", "Rayo Valekano", "Antverpen", "Granada" va "Vilyarreal" jamoalari gol urishdi. Kataloniyaliklar joriy mavsum o'yinning dastlabki daqiqalarida ikkita to'p o'tkazishdi.
Muhim jihat yarim himoyadagi o'zgarishlar hisoblanadi. Serxio Busketsning yo'qligi jamoaga katta tasir qildi. Xavi o'tgan mavsum tajribali xavbekdan pastroqqa tushishni, to'pni qaytarish va to'pga egalik qilishni taqsimlashni so'ragan holda muhim qarorni qabul qilgandi. Buskets minimum darajada yugurishi bilan himoyachilarga yaxshi yordamchi bo'ldi. Ammo, bu jihat ispan "Inter Mayami"ga ketganidan beri ochiq turibdi.
Orqa chiziqdagi tartibsizlik ham kataloniyaliklarga yordam bermaydi. Xavi o'tgan mavsumning ikkinchi yarmidagi katta vaqt davomida Jyul Kunde, Ronald Arauxo, Andreas Kristensen va Alexandro Balde bilan o'ynadi. O'zgarishlar bo'ldi – masalan, Jordi Alba kimnidir yopishi mumkin edi. Ammo, joriy mavsum "ko'k-anorranglilar"da stabillik yo'q. Ular doimiy tarzda oldinga ko'tariladigan Joau Kanseluni ijaraga olishdi, bazida mudofaaning o'ng qanotidagi joyni esa Arauxo egallaydi. Buning natijasida esa himoyada stabillik yo'qolmoqda.
Asosiy yulduzlarda tushish
Robert Levandovski o'tgan mavsum "Barselona"dagi eng yaxshi o'yinchilardan bo'ldi. Ha, u klubga kelganda yoshi 33da edi, ammo gollarga muhtoj jamoani kuchaytira oladigan yuqori darajadagi o'yinchi bo'lib qoldi. Polyak La Liganing eng yaxshi to'purari bo'lgan holda aynan shunday futbolchi bo'lib chiqdi. Uning chempionlikdagi hissasi ulkan edi. Ammo, joriy mavsumda Levandovskida katta tushish bo'lmagan bo'lsa ham barchasi o'zgardi. Bunday o'yinchilar birdan o'z sifatlarini yo'qotishmaydi. Bu erda muammo boshqa narsada.
Robertning pasayishi o'z o'yin uslubini o'zgartira olmasligi bilan ham bog'liq. Kataloniyaliklar jamoada bor o'yinchilarning darajasidan kelib chiqqanda unchalik ko'p vaziyatlar yaratmayapti. Levandovski katta natijalarga doimiy ravishda ega bo'lgan vaziyatlari orqali erishgan. Jamoada kreativlik oqsagan payt o'zi uchun vaziyatlar izlashi yoki yarim himoyaga tushish yoki hujumlarni rivojlantirishi kerak. Buni esa hattoki bunday o'ynashga ko'nikmagan dunyodagi eng kuchli forvarlardan biri ham qilishi qiyin.
Bularning barchasi sovurilgan vaziyatlar, noaniq zarbalar va maydonning muhim qismlaridagi aniqlikning yo'qligiga sabab bo'lmoqda. Levandovskida raqamlar unchalik ham dahshatli emas – u La Liga doirasida 8ta gol urdi va 4ta assist qayd etdi. Robert Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purarlari o'nligiga kiradi, ammo u o'zining doimiy darajasidan uzoqda. Har qanday jamoa asosiy yakunlovchisi gol urishni to'xtatgani sabab qiyinchiliklarga duch kelishi mantiqan to'g'ri.
Taktik moslashuvchanlikning yo'qligi
Xavi o'z klubini biladi va jamoasi qanday harakat qilish kerakligi haqida tasavvurga ega. Ammo, "ko'k-anorranglilar"da B rejaning yo'qligi tez-tez ko'zga tashlanadi. "Barselona"ning taktikasi biroz eskirgan: murabbiy to'pga egalik qilganda 3-2-5ga aylanadigan 4-4-2 sxemasini talab qilmoqda. Ammo, kataloniyaliklarning barcha harakatlarini oldindan bilsa bo'ladi. Rafinya doim o'rtaga ko'chadi. Joau Feliks doim himoyachilarni o'ziga jalb qilishga urinadi. Levandovski esa doim bo'sh hududga intiladi. "Ko'k-anorranglilar" o'yinida hech qanday rang-baranglik ham, improvizaciya ham yo'q.
O'yinchilar haqida gapirganda faqat Levandovskini ayblash adolatdan bo'lmaydi. Kunde, Balde va Rafinya ham o'tgan yilgi darajalaridan past o'ynashmoqda. Braziliyalik bo'yicha esa umuman o'tgan mavsumdayoq savollar paydo bo'lgandi. Xavida kadrlar o'zgartirishga bo'lgan noaniq urinishlar ham bo'ldi. Ilkay Gyundogan yuqoriga ko'tarildi. Kanselu yarim himoya yoki vinger poziciyasiga ko'chdi. Balde esa qandaydir sabablar bilan markaziy himoyachi poziciyasida paydo bo'ldi. Ammo, bundan hech narsa chiqmadi, natijada esa "Barselona" jabr ko'rdi.
Kadrlar muammosi
Kataloniyaliklarda jarohatlangan o'yinchilar bobida katta muammolar bor. Ter SHtegen, Gavi, Pedri, Levandovski, Balde, Kunde, Arauxo, Rafinya, Frenki de Yong va Inigo Martines mavsumning turli qismlarida jarohat olishdi. Qaysidir paytda "ko'k-anorranglilar" umuman asosiy tarkibning olti o'yinchisisiz qolishdi. Jarohat ko'plab klublarni qiynamoqda. Masalan, Madridning "Real" klubida joriy mavsum uchta xochsimon bog'lam uzilishi holati va boshqa ko'plab jarohatlar ro'y berdi. Ammo, "Barselona"da "Real"dagidek sifat va tajriba yo'q.
Kataloniyaliklar ishonchli yordam kerak payti Luka Modrichga murojaat qila olishmaydi yoki yarim himoya va hujumning deyarli har qaysi joyida o'ynashi mumkin bo'lgan Federiko Valverdeni ishga sola olishmaydi. Balki "ko'k-anorranglilar" o'yinchilarni kengroq sifatlariga urg'u berib yig'ishlari yaxshiroq foyda keltirar. Albatta, ular bunday holatda o'yinchilarning maydondagi daqiqalarini aql bilan taqsimlashlari kerak bo'lardi. Nima bo'lgan taqdirda ham jarohatlar payti eng yaxshi natijalarni ko'rsatish uchun zaxira o'rindig'i etishmayapti.
O'yinchilar bo'yicha xato tanlov
So'nggi transfer oynasi "Barselona" uchun qiyin keldi. Klub hali ham jiddiy moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda. Joan Laportaning "richaglar" deb nomlanuvchi narsasi kataloniyaliklarni so'nggi 3 yilda taqib etib kelayotgan moliyaviy stresslarni vaqtinchalik yumshatadi xolos. SHaroitlar cheklangan payti esa raqobatbardosh jamoani qurish oson emas. Buning natijasi tarkibni sifatli to'ldirilmaganidadir. Oriol Romeu ishonchli ko'rinmayapti. U kamchiqimli, ammo Busketsning ishonchli o'rinbosari bo'lishi kerak edi, ammo ular faqatgina yarim himoyadagi bo'shliqlarni to'ldirishmoqda.
Feliks avvaliga ajoyib vaziyatlar ko'rsatdi, ammo nostabillik uning faoliyatini taqib etishda davom etmoqda. Kanseluning sifati shubhaga sabab bo'lmaydi, ammo uning maydonda aniq bir poziciyasi yo'q. Inigo Martines – rotaciyadagi yaxshi o'yinchidan ortiq nimadir emas. "Ko'k-anorranglilar"ga transfer bozoridagi ishlarni davom ettirish qiyin bo'ladi. "Barselona" kabi katta transferlar kutiladigan katta darajadagi klublar uchun esa barchasi ikki karra qiyin. Ammo, yangi o'yinchilar kelib jamoa hech narsa ko'rsatmasa, bu undan ham yomonroq.
Goal materiallari asosida Footballhd.ru sayti tayyorladi. Alisher Ostonov tarjimasi
Fikrlar