So’nggi yangiliklar

17:09"Арсенал" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олади  0 16:36"Рома" Пауло Дибала "Ал Қодисия"га кетишига тайёр   1 16:00БУМ! АПЛда келишилган ўйин?  5 15:41"Олимпик"да бош мураббий ўзгарди  4 15:22"Барселона" форварди "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 15:00Opta суперкомпютери Бундеслига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  1 14:30"Манчестер Сити" мухлислари учун нохуш хабар — "шаҳарликлар" ярим ҳимоячиси оёғини синдириб олди  2 14:05Расман: Рональдиньо Жуниор фаолиятини Англияда давом эттиради  3 13:37"Ювентус" "Милан" ҳимоячисини ижарага олиш бўйича таклиф юборди. Футболчининг ўзи бу трансферга рози  2 13:13"Бунёдкор" майдонига нима бўлди? Стадион директори батафсил маълумот берди  17 12:51Маурисио Почеттинонинг кейинги манзили маълум  4 12:26Расман: "Брайтон" Браян Груда трансферини эълон қилди  2 11:56Расмий хабар: Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон учрашуви қайси шаҳарда бўлиши маълум  26 11:50"Жиннихона" — Фердинанд "Челси" ҳақида  6 11:42"Бунёдкор" қоида бузилиш билан гол урди, "Қизилқум"нинг голини хато билан бекор қилишди. Суперлига 15-тур ҳакамлик таҳлили  3

CHempionlik uchun 10 qadam: "Lester"ning ertagi qanday yozildi Yangiliklar

CHempionlik uchun 10 qadam: "Lester"ning ertagi qanday yozildi

"Lester" Angliya chempioni! "Tulkilar" bu yo'lda fantastik muvaffaqiyatlarga erishdi.

Birinchi qadam: Ranerining tayinlanishi


Klaudio Raneri uzoq vaqt omadsiz murabbiylardan biri sifatida sanalardi. Masalan, u hech qachon milliy chempionatda g'alaba qozonmagan. "Inter", "Yuventus", "Monako", "Valensiya" va Greciya terma jamoasidagi muvaffaqiyatsizliklar mutaxassisning obro'sini tushirib yubordi. Uni "Lester"ga taklif qilishgani tushunarsiz bo'ldi. Garri Rednapp va Gari Lineker mutaxassisning Angliyada ishlari yurishmasligini aytadi. Endi Ranerini har bir matbuot-anjumani eslashadi. U asosiy omadsizdan jahonning eng yaxshi murabbiyiga aylandi.


Ikkinchi qadam: Okazaki, Xut, Fuks, Kante xaridi


"Lester"ning transfer oynasidagi xaridlarini juda yomon baholashdi. 8 mln. funt evaziga asosiy tarkibga "Maync" hujumchisi Sinzi Okazaki, 7 mln.ga N’Golo Kante, 3 mln.ga "Stok"dan veteran Robert Xut xarid qilindi. "SHalke" sobiq himoyachisi Kristian Fuks tekinga "Lester" futbolchisiga aylandi. Ularning barchasi yangi mavsumda jamoaning ajralmas qismiga aylanishdi va bu futbolchilarning har biri chempionlik mavsumida 30 tadan ortiq uchrashuvda maydonga tushdi.


Uchinchi qadam: Birinchi turda Advokat ustidan g'alaba


Raneri jamoasi birinchi turdayoq g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. "Lester" 4:2 hisobida Dik Advokatning "Sanderlend"ini taslim etdi. O'sha uchrashuvda APLning bo'lajak yulduzlari o'zini ko'rsatishdi - birinchi gol Premer-liganing kelajakdagi to'purari Jeymi Vardi hisobiga yozildi. Angliyada mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Riyad Marez dubl qayd etdi, Mark Olbrayton esa "gol+pas" tizimida 3 ochko ishladi.


To'rtinchi qadam: Birinchi o'ringa chiqish


"Lester" "Nyukasl"ni 3:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng, 21 noyabr kuni turnir jadvalining cho'qqisiga chiqdi. "Tulkilar" o'shandan keyin umuman pastga tushishni o'ylamadi. "Lester" "hakkalar" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng mavsum boshqacha o'tishini his qilishdi.


Beshinchi qadam: "Man Siti" va "Liverpul" taslim etilishi


"Lester" o'zining asosiy raqobatchilari bilan juda kamtar o'yin ko'rsatadi. Birinchi davrada ular "Arsenal"ga 2:5 va "Liverpul"ga kichik hisobda mag'lub bo'lishdi. "Tottenxem" va MYU bilan durang qayd etildi.  Mavsumning ikkinchi qismi omadliroq o'tdi. Robert Xut deyarli bir o'zi "Tottenxem"ni taslim etdi (1:0), keyin "tulkilar" asosiy etakchi "Manchester Siti"ga og'ir zarba berishdi.


Oltinchi qadam: Terma jamoalardagi etirof


Ajoyib mavsumda "Lester" futbolchilarini nafaqat jamoa muvaffaqiyatlari, balki shaxsiy o'sish ham ilhomlantirdi. To'purar Jeymi Vardi 2015 yilning 21 may kuni faoliyatida ilk marotaba Angliya terma jamoasidan chaqiruv oldi, 7 iyun kuni esa Irlandiyaga qarshi debyut uchrashuvida maydonga tushdi. Vardi Germaniya terma jamoasiga qarshi bahsda "uch sherlar" safidagi birinchi golini urdi. Endi Jeymi Ueyn Runi va Xarri Keynga raqobatchi sifatida ko'rilmoqda. Terma jamoaga Denni Drinkuoter ham chaqirildi, N’Golo Kante Rossiyaga qarshi bahsda Franciya terma jamoasi safida debyut qildi.


Ettinchi qadam: Vardi - superto'purar, Marez - mavsumning eng yaxshi futbolchisi


"Lester"ning uch futbolchisi APLning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi nomiga davogar bo'ldi - Jeymi Vardi, Riyad Marez va N’Golo Kante. Uch o'yinchi ham ushbu sovringa munosib edi, ammo Angliyaning eng foydali futbolchisi - jazoirlik yarim himoyachi Marez tanlandi. Riyad joriy mavsumda 34 ta bahsda 17 ta gol urdi va 10 ta golli pas berdi - APLda eng yaxshi natija. Vardiga keladigan bo'lsak, uning fantastik o'zgarishi haqida ko'p gapirildi va yozildi. "Lester"ning eng yaxshi to'purari, chempionatda snayperlikka davogar, yo'qdan gol paydo qiladigan futbolchi.


Sakkizinchi qadam: Raqiblar ijrosida 100 qadam chekinish


"Lester" chempionligi haqida gapiradigan bo'lsak, faqatgina "tulkilar"ning odimlashini emas, balki raqiblarning teskari yo'nalishdagi harakatlariga ham etibor berish lozim. "CHelsi" bu yil o'tgan mavsumdagi "Lester" bilan CHempionshipga tushib ketmaslik uchun kurashishi mumkin edi. Qolganlarning ishi biroz yaxshiroq bo'ldi. MYU va "Liverpul" butun mavsum davomida barqaror o'yin ko'rsata olmadi, "Manchester Siti" faqat CHempionlar ligasi haqida o'yladi va qaytishni unutib qo'ydi, "Arsenal" bo'lsa doimiy omadsiz taxallusini tasdiqladi - to'rtinchi o'ringa sodiq qoldi va sovringa yo'l ochib berdi. CHempionlik uchun poygadan oxirgi bo'lib "Tottenxem" chiqib ketdi. "SHporlar" g'alaba qozonishi kerak bo'lgan paytda "Vest Bromvich" bilan durang qayd etdi va "Lester"ga etib olish imkoniyatini deyarli qo'ldan chiqardi.


To'qqizinchi qadam: Iroda va "Vest Xem" bilan durang


"Lester" chempion bo'lishining hal qiluvchi qismi mavsumning oxiriga to'g'ri keldi. Ruhan olib qaraydigan bo'lsak, pastdan tepagan intilgan jamoa etakchilikni saqlab qolishga urinayotgan klubdan engilroq harakat qiladi. Mo'jiza yaqinligida har bir ochko uchun jang... "Vest Xem"ga qarshi bahsda "tulkilar" g'alaba qozonayotgandi. Vardining chetlatilishidan so'ng, 95-daqiqada durangga erishish haqiqiy irodaning isboti. "Lester" o'zining asosiy hujumchisisiz "Suonsi"ni yanchib tashladi va "Old Trafford"dan ochko bilan qaytdi.


O'ninchi qadam: "Old Trafford" va "Stemford Brij"dagi duranglar


Ertakning baxtli yakuni. "Old Trafford"dagi og'ir va qaynoq bahs "Lester"ga 1 ochko olib keldi. Endi ular London derbisining natijasini kutishlari kerak edi. "CHelsi" esa hammasini to'g'ri bajardi va Raneri hamda uning jamoasiga bayramni cho'zmaslik kerakligini tushuntirdi. "Aristokratlar" 0:2 hisobida mag'lub bo'layotib, durangga erishishdi. Aytgancha, "tulkilar"ning deyarli barcha futbolchilari ushbu bahsni tomosha qilish uchun Vardining uyida yig'ilishdi, o'nlab muxlislar darvozada qo'riqchilik qilishdi. Hammasi amalga oshdi! Bugun tunda Lester uxlamadi - bu aniq!

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика