CHempionlik poygasini qaysi jamoa tark etishini aniqlab beruvchi uchrashuv. "Navbahor" - "Nasaf" o'yiniga prevyu
30 okt 2023 14:25
Yangiliklar
CHempionlik poygasini qaysi jamoa tark etishini aniqlab beruvchi uchrashuv. "Navbahor" - "Nasaf" o'yiniga prevyu
Bu uchrashuvda mag'lub bo'lgan jamoa katta ehtimol bilan chempionlik poygasini tark etadi.
O'zaro o'yinlari tarixi
Bu ikki jamoa O'zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 53 bor to'qnash kelishgan. Bo'lib o'tgan 22 uchrashuvda «ajdarlar», 14 o'yinda esa namanganliklar g'alaba qozonishgan. 17 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati 79:67, "Nasaf" foydasiga. Birinchi davrada Qarshida bo'lib o'tgan bellashuvda hisob ochilmagan. O'zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Navbahor» (6:0) 2016 yilgi mavsumda, «Navbahor» — «Nasaf» (6:0) 2004 yilgi mavsumda.
“Navbahor” hamda “Nasaf” jamoalari bungacha Namanganda 26 marta kuch sinashishgan. Mazkur bahslarning 9 tasida namanganliklar zafar quchishgan bo'lsa, 13ta uchrashuvda durang qayd etilgan, 4ta o'yinda esa qarshiliklar g'alaba qozonishgan. "Navbahor" o'z maydonida bo'lib o'tgan uchrashuvlarda "Nasaf" darvozasiga 43ta gol kiritgan, qarshiliklar esa 25ta to'p bilan javob qaytara olishgan xolos.
Etiboringizga, Namanganda bo'lib o'tgan so'nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
07.05.2023 "Nasaf" - "Navbahor" 0:0
02.08.2022 "Nasaf" - "Navbahor" 0:1
03.03.2022 "Navbahor" - "Nasaf" 0:0
29.08.2021 "Nasaf" - "Navbahor" 0:1
19.03.2021 "Navbahor" - "Nasaf" 0:0
26.09.2020 "Navbahor" - "Nasaf" 0:0
Bugun maydonga tushmaydigan futbolchilar
Mazkur bahsda har ikkala jamoa safida bir qator jarohat olgan futbolchilar maydonga tusha olishmaydi. "Navbahor"da himoyachi Davron Hoshimov mavsum oxirigacha safdan chiqqani malum qilingandi. Legionerlar Yovan Jokich va Toma Tabatadze ham jarohatlarini davolashmoqda.
"Nasaf" tarkibida esa darvozabon Umidjon Ergashev va himoyachi SHuhrat Muhammadiev OCHL doirasidagi "SHarja" bilan bahsdan oldin jarohat olishgandi. Gruziyalik yarim himoyachi Jambuli Jigauri esa "Metallurg" bilan uchrashuv jarohat olib maydonni tark etdi.
Jamoalarning holati
Bugungi uchrashuvdagi mezbon "Navbahor" jamoasi hozirgi kunda yaxshi sport formasida. Jamoa oktyabr oyida, 4ta g'alaba va bir marotaba mag'lubiyatga uchragan. Yagona mag'lubiyat ham O'zbekiston kubogi yarim finalida OKMKga qarshi bahsda ro'y berdi. Samvel Babayan shogirdlari o'yinning asosiy vaqtida 2:2 hisobida durang qayd etishgan bo'lsa. Penaltilar seriyasida esa 4:3 hisobida raqibga mag'lub bo'ldi. Namanganliklarning so'ngi 4ta g'alabasining ikkitasini Osiyo chempionlar ligasida qo'lga kiritishdi. Oktyabr oyining avvalida OCHL 2-tur bahsida "Mumbay Siti" jamoasi 3:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa. O'tgan hafta "lochinlar" Eronning "Nassaji Mazandaran" klubiga qarshi o'yin o'tkazishdi. Qiyin kechgan uchrashuvda, yakunda namanganliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. SHuningdek "Navbahor" jamoasi oktyabr oyida Superliganing 21 va 23-tur bahslarida "Buxoro" va "Surxon" mehmoni bo'lishdi. Ikki uchrashuvda ham "Navbahor" jamoasi g'alaba qozondi. "Buxoro" klubi yirik 3:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, "Surxon"ga qarshi bahsda "lochinlar" ancha ter to'kishdi. O'tkir Yusupov so'ngi daqiqada penaltini qaytarib o'z jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi. Yakuniy hisob 1:2. Oktyabr oyidagi bahslarda "Navbahor" raqib darvozasiga 12ta gol urib, 4ta gol o'tkazib yuborgan.
"Nasaf" jamoasi ham oktyabr oyida 5ta uchrashuv o'tkazdi va bugungi raqibi kabi 4 marotaba g'alaba qozonib, bir marta mag'lub bo'ldi. Qarshiliklar Osiyo chempionlar ligasida dastlab Qatarning "Al-Sadd" jamoasini o'z o'yida 3:1 hisobida mag'lub etishdi. OCHL 3-tur bahsida esa "Nasaf" "SHarja" mehmoni bo'ldi va 1:0 hisobida mag'lub bo'ldi. "Al-Sadd"ga qarshi uchrashuvda "porlagan" Aziz Amonov, "SHarja"ga qarshi kechgan uchrashuvning 100-daqiqasida 11 metrlik jarima zarbasini ko'kka sovurdi. "Nasaf" jamoasi bugungi raqibidan farqli o'laroq O'zbekiston kubogi yarim finalida g'alaba qozondi va qatorasiga uchinchi yil, final ishtirokchisiga aylandi. Yarim final bahsida Ro'ziqul Berdievning shogirdlari, Vadim Abramovning "Dinamo"sini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Superliga doirasida ikkita uchrashuv o'tkazgan "Nasaf". Ikki uchrashuvda ham g'alaba qozondi. Dastlab Farg'onaning "Neftchi" jamoasi 2:0 hisobida taslim etilgan bo'lsa. 23-turda qarshiliklar "Metallurg"ni 2:0 hisobida taslim etishdi. "Nasaf" esa oktyabr oyidagi uchrashuvlarda raqib darvozasiga 9ta gol urib, 3ta gol o'tkazib yuborgan.
Taqvim
"Navbahor" jamoasining chempionat doirasida bor yo'g'i 4ta bahsi qoldi. 24-turda "Navbahor" o'z o'yida "Bunyodkor"ni qabul qilsa. 25-turda esa "lochinlar" "Olimpik" mehmoni bo'lishadi. So'ngi turda esa "Navbahor" "Neftchi"ni o'z o'yida qabul qiladi.
23-tur "Navbahor" - "Nasaf" 30.10.2023
24-tur "Navbahor" - "Bunyodkor" 11.11.2023
25-tur "Olimpik" - "Navbahor" 24.11.2023
26-tur "Navbahor" - "Neftchi" 01.12.2023
"Nasaf"
"Nasaf" jamoasi bugungi uchrashuvdan so'ng. CHempionlik davogarlardan biri "Paxtakor" bilan to'qnash keladi. 25-turda esa "So'g'diyona" Qarshiga tashrif buyuradi. "Nasaf" esa Superliga 2023 yilgi mavsumini kubok finalidagi raqib OKMKga qarshi yakunlaydi.
23-tur "Navbahor" - "Nasaf" 30.10.2023
24-tur "Paxtakor" - "Nasaf" 03.11.2023
25-tur "Nasaf" - "So'g'diyona" 23.11.2023
26-tur OKMK - "Nasaf" 01.12.2023
CHempionlikka imkoniyatlar
Kecha "Paxtakor" so'ngi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi va 49 ochko bilan chempionlik jadvalida birinchi o'rinda qoldi. Ikkinchi o'rinni egallab turgan "Navbahor"da es 43 ochko mavjud. "Nasaf" esa 42 ochko jamg'argan va uchinchi o'rinni egallab turibdi. Bugungi uchrashuv katta ehtimol bilan chempionlik poygasidan qaysidir klubni chiqarib yuboradi va CHempionlikka ikkita davogar qolishi ehtimoli yuqori. "Navbahor" jamoasida taqvim osonroq. Samvel Babayan shogirdlari kubokdan chiqib ketishdi va bir etiborlarini chempionat va chempionlar ligasi bahslariga qaratishadi. "Navbahor"ning qolgan uchrashuvlardagi jiddiy raqib "Neftchi".
"Nasaf" jamoasida taqvim qiyinroq va tig'izroq. 12 noyabr kuni Qarshi shahrida kubok finalida ishtirok etishidan tashqari. Ro'ziqul Berdiev shogirdlarini ikkita kuchli raqib "Paxtakor" va so'ngi turda OKMK kutib turibdi. Katta ehtimol bilan "Nasaf" keyingi ikki uchrashuvda chempionlik masalasini hal etadi. Agar "Nasaf" ushbu uchrashuvlarda ochko yuqotsa, CHempionlikka bo'lgan imkoniyatlarini keskin kamaytirib yuboradi.
30.10.2023/18:15
"NAVBAHOR" - "NASAF"
Bosh hakam: Akser Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Olim To'ychiboev
VAR: Ilgiz Tantashev
AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Bekzod Aripov.
Muallif taxmini
Katta ehtimol bilan bugun jamoalar yopiq o'yin namoyish etadi va o'yin natijasini bir vaziyat hal qiladi. Oston Urunovning hozirgi sport formasini hisobga olsak, aynan Ostoning harakatlari bugun o'yin taqdiri hal qiladi. Menimcha ushbu uchrashuvda "Navbahor" g'alaba qozonadi.
Imkoniyatlar: 55%/45% "Navbahor" foydasiga
Abdulvosit Bektemirov tayyorladi
Fikrlar