So’nggi yangiliklar

13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  8 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  21 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8

"CHempionlik kubogini Toshkent viloyatiga olib kelishga harakat qilamiz" - Murodjon Toshmatov Yangiliklar

"CHempionlik kubogini Toshkent viloyatiga olib kelishga harakat qilamiz" - Murodjon Toshmatov

Olmaliqning AGMK jamoasi Superliganing navbatdagi turida o'z maydonida "Neftchi"ni mag'lub etdi.

3:1 hisobidagi natija bilan yakunlangan uchrashuvuvda mezbonlarning gollaridan biriga Murodjon Toshmatov mualliflik qildi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.

- "Neftchi" turnir jadvalida pastki o'rinlarda ketayotgandi. AGMK esa chempionlik uchun kurashmoqda. SHunday ekan o'yin borasida qanday taassurotlar yuzaga keldi?
- Kechagi raqibimiz "Neftchi" O'zbekistonning tarixiy jamoasi hisoblanadi. Bugunga kelib ular o'z mavqeini tiklashga harakat qilmoqda. Ushbu jamoaga qarshi o'yinlar doim qiyin bo'lib kelgan. SHuni bilgan holda tayyorlandik. Birinchi davra yakunlanishiga oz qoldi. Demak ko'proq ochko jamg'arishimiz kerak. Joriy yilda chempionlikka davogarlardan birimiz. Bo'shashishga haqqimiz yo'q. Qo'lga kiritilgan uch ochko chempionlik yo'lila katta yordam berishi tayin.

- Gol o'ylangan kombinaciyamidi yoki tavakkal qabul qilingan qaror?
- Burchak zarbasi avvaldan o'ylangan reja edi. Lekin qaytgan to'pga zarba berdim. Bu vaqtda juda tez qaror qabul qilishingiz darkor. Tavakkal zarba berdim. Xudoga shukur omadim kelib to'p darvozaga borib tushdi.




- Farg'onaliklarning ojiz nuqtasi darvoza chizig'idir. Mashhur Muhammadjonov bunday gollarni bir necha bor o'tkazganiga guvoh bo'lganmiz...
- Darvozabon ham gol o'tkazaman, deb maydonga tushmaydi. Muhimi harakatdan to'xtab qolmasin. Mashhurbek ajoyib posbon.

- Bu yil chempionlik Toshkentdan tashqariga chiqadimi? AGMKning bu boradagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- Bundan buyon ochko yo'qotmasak chempionlik kubogini Toshkent viloyatiga olib kelishga harakat qilamiz. Nasib qilsa birinchi o'rinni olmoqchimiz.

- Mavsum boshidagi omadsizliklar nima bilan bog'liq?
- Jamoamizga omad etishmadi. Dastlabki turlarda mag'lubiyatlarga uchradik. Boz ustiga tarkibimizda ham yo'qotishlar bor edi. Xudoga shukur u kunlar ortda qoldi.



OKMK

Murodjon Toshmatov - 12', Xurshid G’iyosov - 70'

Superliga. 11-tur

27/05/2022, 19:00

1
:
3
Tugadi

Neftchi

Muhsin Ubaydullaev - 29', Sirojiddin Qo'ziyev - 31'

45'
90'
12'  Murodjon Toshmatov
12'  Xurshid G’iyosov
53'  Xurshid G’iyosov
70'  Xurshid G’iyosov
72'  Mirjamol Qosimov (Andrey Mishchenko)
72'  Martin Boake (Aleksandr Kasyan)
85'  Siyavash Haqnazariy (Nodir Abdurazzoqov)
85'  Xurshid G’iyosov (Shohruh Gadoyev)
8'  Marko SHarich
29'  Muhsin Ubaydullaev
31'  Sirojiddin Qo'ziyev
31'  Abdullo Olimov
67'  Anvar G’ofurov
74'  Sunnatilla Abdullazhonov (Oybek Qilichev)
74'  Marko SHarich (Izzat Abdullaev)
80'  Abbos G'ulomov (Sherzod Karimov)


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика