CHempionlar ligasining eng yaxshilari bo'lishga davogarlarning yarmi "Real" futbolchilari (to'liq ro'yxat)
04 avg 2017 13:56
Yangiliklar
CHempionlar ligasining eng yaxshilari bo'lishga davogarlarning yarmi "Real" futbolchilari (to'liq ro'yxat)
SHort-listdan kimlar joy olgan?
Quyida UEFA CHempionlar ligasida o'tgan mavsumning chiziqlar bo'yicha eng yaxshilari bo'lishga davogarlar ro'yxatini keltirib o'tamiz. 12 nafar nomzoddan yarmi "Real" futbolchilari.
Eng yaxshi darvozabon
Janluiji Buffon ("Yuventus")
Manuel Noyer ("Bavariya")
Yan Oblak ("Atletiko")
Eng yaxshi himoyachi
Leonardo Bonuchchi ("Yuventus")
Marselo ("Real")
Serxio Ramos ("Real")
Eng yaxshi yarim himoyachi
Kazemiro ("Real")
Toni Kroos ("Real")
Luka Modrich ("Real")
Eng yaxshi hujumchi
Paulo Dibala ("Yuventus")
Lionel Messi (Barselona)
Krishtianu Ronaldu ("Real")
Sovrin birinchi bor ECHL guruh bosqichiga qura tashlanadigan 24 avgust sanasida topshiriladi. O'sha kuni, shuningdek Evropaning eng yaxshi erkak va ayol futbolchisi ham elon qilinadi.
O'tgan mavsum "Real" CHempionlar ligasini ketma-ket ikki yil yutgan tarixdagi birinchi jamoaga aylangan edi. Kardiffdagi "Millenium" stadionida kechgan finalda "qirollik klubi" "Yuventus"ni 4:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Fikrlar