Chempionlar ligasi. 4-turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Aslanov Jasurbek
3 noya 2017, 16:26
31 oktyabr va 1 noyabr kunlari Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

UEFA rasmiy sayti ushbu turning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazgan edi.

Sovrin uchun quyidagi futbolchilar da'vogar edi:

Dele Alli ("Tottenxem")

Muhammad Salax ("Liverpul")

Marlos ("Shaxtyor")

Serxio Aguero ("Manchester Siti")

Stefan El-Shaaravi ("Roma")

Leyvin Kurzava (PSJ)

Kingsli Koman ("Bavariya")

Alan Dzagoev (SSKA)

Chempionlar ligasining "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi xabar berishicha, "Roma" hujumchisi Stefan El-Shaaravi 4-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ovoz berganlarning 60% italiyalikni tanlashdi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia