So’nggi yangiliklar

17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  1 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  1 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  2 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  15 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  8 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  5 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5

CHempionlar ligasi. 3ta jamoada yuz foizlik natija, "o'lim guruhi"da imkoniyatlar teng va boshqa natijalar Yangiliklar

CHempionlar ligasi. 3ta jamoada yuz foizlik natija, "o'lim guruhi"da imkoniyatlar teng va boshqa natijalar

Joriy haftaning seshanba va chorshanba kunlari biz orziqib kutadigan CHempionlar ligasi bahslari o'tkazildi.

Turnir guruh bosqichining 3-turida bir-biridan qiziq bahslar bo'lib o'tdi va bazi kvartetlarda vaziyat o'zgardi, boshqalarida esa yo'q. Ushbu turdan keyin guruhlardagi jamoalar o'rni haqida to'xtalib o'tamiz.


"A" guruhi

Ushbu to'rtlikda PSJ yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Parijliklar 3-turda mehmonda "Bryugge"ni 5:0 hisobida taslim qilishdi. Zaxirada maydonga tushgan Kilian Mbappe xet-trik muallifiga aylandi.

Guruhning boshqa grandi - "Real" Turkiyada "Galatasaroy" mehmoni bo'ldi va madridliklar ham 3 ochkoni qo'lga kiritishdi. Uchrashuvdagi yagona golga Toni Kroos muallifliq qildi.


"B" guruhi

"B" kvartetidagi ikkala o'yinda 5tadan gol kiritildi, ammo bitta bahsda "Tottenxem" 5ta gol urgan bo'lsa, ikkinchisida "Bavariya" "Olimpiakos" darvozasini 3 marta ishg'ol qilib, 2 marta o'z darvoza to'ridan to'p olib chiqdi. Bu to'rtlikda vaziyat "A" guruhinikiga o'xshash. Nemislarda 100%lik natija, "Tottenxem" ulardan 5 ochko orqada.


"C" guruhi

"Manchester Siti", "SHaxtyor", "Dinamo" (Zagreb) va "Atalanta" o'rin olgan guruhda kutilganidek "shaharliklar" etakchilik qilishmoqda. Ingliz klubi 3ta g'alabali uchrashuvda jami 10ta gol urib, bir marta gol qo'yib yuborishgan. O'tgan yili yorqin o'yin ko'rsatib, CHL yo'llanmasini qo'lga kiritgan "Atalanta" hozir juda achinarli holatda. Italiya klubi 3ta o'yinning birortasida ochko ola bilmadi. Ikkinchi va uchinchi o'rinni Ukraina va Xorvatiya klublari bo'lishib turibdi.


"D" guruhi

Ushbu kvartetning uchinchi tur o'yinida sensaciya qayd etilishi mumkin edi, biroq Paulo Dibala hammasini chippakka chiqardi. "Lokomotiv" mehmonda o'tgan bahsning 77-daqiqasigacha hisobda oldinda edi, ammo argentinalik yigitcha 2 daqiqa ichida g'alabani "temiryo'lchilar"dan "o'marib" ketdi va sensaciya ro'y berishiga yo'l qo'ymadi. Ikkinchi uchrashuvda "Atletiko" "Bayer"ni o'z uslubida (1:0) mag'lub etdi.


"E" guruhi

"Zalcburg" yana bir guruh etakchisiga muammo tug'dirishga urindi. Avstriya klubi "Liverpul"ga qarshi bahs kabi bor kuchini ishga soldi, ammo ochko olish uchun yana bitta gol etmadi. "Napoli" saviya evaziga mehmonda 3:2 hisobida zafar quchdi. "Liverpul" ham mehmonda o'ynadi, ammo "Genk"ni qiyinchiliksiz taslim eta oldi.


"F" guruhi

"O'lim guruhi" deya atalgan "F" kvartetida kurash qizg'in davom etmoqda. "Barselona" bu turda "Slaviya"ni qiyinchilik bilan taslim etib, mehmondan 3 ochko bilan qaytdi. "Inter" hamda "Borussiya" D o'rtasidagi turning markaziy uchrashuvida Konte shogirdlarining qo'li baland keldi. Lautaro Martines va Antonio Kandreva gollari evaziga italiyaliklar ishonchli g'alabaga erishishdi.


"G" guruhi

Bir necha kun oldin "Rostov"ni 6:1 hisobida taslim etgan "Zenit" Germaniyada "Leypcig"ga mag'lub bo'ldi. Uchrashuvdagi dastlabki gol piterliklar tomonidan urildi, ammo nemis klubi ikkinchi bo'limning dastlabki 15 daqiqasi ichida 2ta gol urib, o'yin masalasini o'z hisobiga hal qildi. Guruhning ikkinchi bahsida "Benfika" Franciyaning "Lion" klubini qabul qildi va ularni 2:1 hisobida taslim qildi.


"H" guruhi

So'nggi kvartetda Gollandiya va Angliya klublari etakchilik qilishmoqda. "CHelsi" mehmonda "Ayaks"ni taslim etib, gollandiyaliklar bilan ochkolarini tenglashtirib oldi. Ikkinchi bahsda "Valensiya" "Lill" mehmoni bo'ldi. Ispaniyaliklar g'alabaga yaqin edi, ammo so'nggi soniyalardagi gol tufayli jamoalar ochkolarni bo'lishib olishdi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика