So’nggi yangiliklar

00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  0 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  1 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  1 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  0 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  6 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3 18:28Гвардиола дарвозага янги посбон изламоқда. Португалия терма жамоаси аъзоси – номзодлардан бири  0

ECHL 1/8 finaliga qura tashlandi: "Liverpul" – "Real", PSJ – "Bavariya" va boshqa juftliklar bilan tanishing Yangiliklar

ECHL 1/8 finaliga qura tashlandi: "Liverpul" – "Real", PSJ – "Bavariya" va boshqa juftliklar bilan tanishing

SHveycariyaning Non shahrida Evropa CHempionlar Ligasi pley-off bosqichining birinchi bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

1/8 final juftliklari:

"Leypcig" – "Manchester Siti"

"Bryugge" – "Benfika"

"Liverpul" – "Real" 

"Milan" – "Tottenxem"

"Ayntraxt" Frankfurt – "Napoli"

"Borussiya" Dortmund – "CHelsi"

"Inter" – "Portu"

PSJ – "Bavariya" 

- Qura yakunlandi. Yuqorida juftliklar bilan tanishishingiz mumkin.

- Demak, qura jarayonini boshlaymiz.

- Sahnaga final elchisi Xamit Oltinto'p taklif etildi.  

- UEFA vakili Jorjio Marketti qura haqida malumot berib o'tdi.


Guruh g'oliblari (saralanganlar)

"Bavariya" (Germaniya)

"Benfika" (Portugaliya)

"Manchester Siti" (Angliya)

"Napoli" (Italiya)

"Portu" (Portugaliya)

"Real" (Ispaniya)

"Tottenxem" (Angliya)

"CHelsi" (Angliya)


Ikkinchi o'rin egalari (saralanmaganlar)

"Ayntraxt" Frankfurt (Germaniya)

"Borussiya" Dortmund (Germaniya)

"Bryugge" (Belgiya)

"Inter" (Italiya)

"Milan" (Italiya)

"Leypcig" (Germaniya)

"Liverpul" (Angliya)

PSJ (Franciya)

Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. 

Qura tashlash marosimida 16 ta klub ishtirok etadi: asosiy bosqich guruhlari g'oliblari va kvartetlarda ikkinchi o'rinni egallagan jamoalar.

CHempionlar Ligasi 1/8 finalida bitta milliy associaciya vakillari uchrasha olmaydi. Qolaversa, guruh bosqichida to'qnash kelgan jamoalar ham bu bosqichda bir-biriga qarshi o'ynamaydi.

Jamoalar har bir uchrashuvni uyda va safarda o'tkazadi. Saralanmagan klubdar javob o'yinlarini o'z uylarida o'tkazishadi.

1/8 finalning dastlabki o'yinlari 14/15 va 21/22 fevral kunlari, javob o'yinlari esa 7/8 va 14/15 mart kunlari bo'lib o'tadi. Barcha uchrashuvlar Toshkent  vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, safarda gol deb atalmish qoida bekor qilingan. SHuning uchun javob o'yinining asosiy vaqti oxirida ikkita uchrashuv yig'indisi bo'yicha hisob teng bo'lsa, u holda 15 daqiqalik qo'shimcha ikkita taym belgilanadi. Agar qo'shimcha bo'limlarda jamoalar gol ura olmasa yoki bir xil miqdordagi gol ursa, u holda juftlikdagi g'olibni aniqlash uchun 11 metrlik penaltilar seriyasi amalga oshiriladi.

CHempionlar Ligasi 2022/23 yilgi mavsum hal qiluvchi o'yini 2023 yilning 10 iyun kuni Istanbuldagi Otaturk nomidagi "Olimpiya" stadionida bo'lib o'tadi.

Saytimiz qura tashlash jarayonining matnli translyaciyasini taqdim etadi, uni shu erda kuzatib borishingiz mumkin.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика