So’nggi yangiliklar

02:10АПЛ. "Ливерпуль" "Эвертон"га ютқазиб, чемпионлик пойгасидаги имкониятларини янада ёмонлаштириб юборди  18 02:00АПЛ. "Ман Юнайтед" 20-ўриндаги "Шеффилд"ни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  32 00:50Тебас яқин келажакда Ла Лига ўйинлари АҚШда ўтказилишини маълум қилди  2 00:35Франция. ПСЖ "Лорьян"дан устун келди ва чемпионлик масаласини деярли ҳал қилди  1 00:22Breaking: Хави "Барселона"да қолишга қарор қилди!  15 23:54"Реал Мадрид" "Милан" ҳимоячисининг трансфери устида ишламоқда  0 23:23 Хосе Венансио Лопес: "Эронга қарши баҳс жуда қийин ва мураккаб бўлиши аниқ, бироқ биз ўз потенциалимизга ишонамиз"  7 22:50"Барселона" ва Хави ўртасида музокаралар ўтказилди. Лапорта мураббийни олиб қолмоқчи  2 22:28Эрлинг Холанд "Сити"нинг АПЛдаги ўйинини ўтказиб юборади. Гвардиола буни тасдиқлади  1 22:05Перес "Эл Класико"дан олдин ҳакамларнинг ёнига бориб, улар билан саломлашган. "Барса" ўйинчилари бу ҳолатнинг гувоҳи бўлишган  30 21:45МЮнинг тен Хаг даврида амалга оширган трансферлари рейтинги тузилди – Антони охирги ўринда, Онана эса...  5 21:20Ральф Рангник "Бавария" у билан боғланганини тасдиқлади  1 20:55Футзал. Ўзбекистон Вьетнам устидан камбэк амалга оширди ва ярим финалга йўлланма олди  65 20:31ОЧЛ. "Йокогама" пенальтилар сериясида "Ульсан Хюндай"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди!   4 20:22Оливье Жиру "Лос Анжелес" билан шартнома имзолагани маълум бўлди  3

CHempionatlarimizning 25 yillik umumiy jadvali haqida Yangiliklar

CHempionatlarimizning 25 yillik umumiy jadvali haqida

O'zbekiston XXV milliy chempionati ham o'z nihoyasiga etdi. Quyida biz barcha 25ta chempionatimizning umumiy jadvalini sizlarga havola qilamiz.

Bundan tashqari 2016 yilda klublarimiz qayd etgan etiborli natijalar haqida to'xtalamiz.

25 yillik jadvalni 11 karra chempion “Paxtakor” boshqarib bormoqda. 740ta o'yinda 1630 ochko jamg'argan “sherlar” eng ko'p g'alabaga erishgan (504ta) va eng ko'p gol urgan jamoa (1678ta) bo'lib turishibdi. Klub 23-turda “Navbahor”ga qarshi bahsda 500-g'alabasini qo'lga kiritdi. O'zbekiston tarixida qolgan hech bir jamoa 500ta g'alabaga erishmagan. Keyingi yil jamoa 800-o'yinni o'tkazadi, bundan tashqari 1700-golni urishi va 650-golni o'tkazishi mumkin.

Ro'yxatda ikkinchi pog'onada borayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi “Paxtakor”dan 138 ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa 7-turda “SHo'rtan” bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandi. O'sha o'yinda Abbos Maxstaliev tomonidan urilgan gol klub uchun 1500-gol bo'lib tarixda qoldi. Farg'onaliklar 2017 yil 8 ochko olishsa o'z ochkolarini 1500taga etkazib olishadi. 



Oliy ligadan tushib ketishiga oz qolgan “Navbahor” klubi umumiy ro'yxatda 3-o'rinda. 9-turda “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yindagi g'alaba “lochinlar”ning 350-g'alabasi bo'ldi. “Lochinlar” bu mavsumda 900-golni o'tkazib yuborishdi. Jamoa 2017 yilda ochkolarini 1200taga etkazib olishi deyarli aniq.

10 karra bronza medal sohibi Qarshining “Nasaf” klubi umumiy jadvalda 4-o'rinda bormoqda. Qarshi klubi bu mavsum so'nggi turda "Mashal"ni mag'lub etib o'z ochkolarini 1100tadan oshirib oldi. Qarshi klubi agar 2017 yilda 31ta gol ursa umumiy gollari sonini 1100taga etkazib olishi mumkin. "Ajdarlar" keyingi mavsum 600-o'yinni o'tkazishadi.

Bu yilgi mavsumda “Buxoro” klubining 1000-goli urildi. 30-turda “SHo'rtan” bilan o'yinda SHavkat Salomov tomonidan urilgan gol klub uchun yubiley golga aylandi. "Buxoro" yangi mavsumda 11ta g'alabani qo'lga kiritsa g'alabalar soni 300taga etadi, 20 ochkodan so'ng 1000-ochko qo'lga kiritiladi.

Oliy ligani tark etgan “Andijon” jamoasi bu yil o'z ochkolarini 800tadan oshirib oldi. "Burgutlar" oliy ligaga qaytishganidan keyin 700-o'yinni o'tkazishadi va 950-golni urishga urinib ko'rishadi.

Jizzaxning “So'g'diyona” klubi o'zining yubiley 600-uchrashuvni o'tkazdi. 15-turda "Qizilqum" bilan bahsda jamoa 100-durangni qayd etdi. 8-turda "SHo'rtan"dan qabul qilingan mag'lubiyat "So'g'diyona"ning oliy liga tarixidagi 300-mag'lubiyati bo'ldi. 9-turda "Olmaliq" bilan o'yinda raqib posboni Umid Xonimqulov tomonidan urilgan avtogol gol jamoaning yubiley 800-goli bo'ldi. 



2016 yil “Metallurg”ning 550-uchrashuvi kuzatildi va 25 yillik umumiy ro'yxatda ikki pog'onada yuqorilab 9-o'ringa chiqib oldi. Yana uchta goldan so'ng bekobodliklarning yubiley 700-goli uriladi.  

“Qizilqum” bu yil o'z ochkolarini 650tadan oshirib oldi. 4-turda “Obod” bilan bahsda Ilhom Yunusov tomonidan urilgan gol klubning 600-goli bo'lib tarixga kirdi. 2017 yilda “Qizilqum” 500-o'yinni o'tkazadi, bundan tashqari 200-g'alabani qo'lga kiritishi, 100-durangini qayd etishi mumkin.  

“Bunyodkor” klubi bu yil oliy ligadagi 10-mavsumini o'tkazdi va ochkolarini 650tadan oshirib oldi. 2016 yilda klub o'zining 200-g'alabasiga erishdi. Bu yubiley 20-turda “Olmaliq” bilan bahsda qayd etildi. Bundan tashqari duranlar soni 50taga etdi. Yangi yilda “qaldirg'ochlar” 300-uchrashuvda maydonga tushishadi.

“Mashal” klubi bu yil oliy ligadagi 450-uchrashuvni o'tkazdi. Keyingi yil jamoa g'alabalarini 200taga etkazib olishi va 600-golini urishi mumkin.

Ilk bor O'zbekistoni chempioni bo'lgan “Lokomotiv” bu yil o'z ochkolarini 550tadan oshirib oldi. 13-turdan o'rin olgan "Qizilqum" bilan bahsda Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gol "temiryo'lchilar" uchun oliy ligadagi yubiley 500-gol bo'ldi. Keyingi yil jamoa 600-golini urishi va ochkolarini 600tadan oshirishi mumkin.



“Qo'qon-1912” bu yil ochkolari sonini 400tadan oshirib oldi.  20-turda "Nasaf" bilan o'yinda Suxrob Berdiev tomonidan urilgan gol jamoaning oliy ligadagi yubiley 450-goli bo'lib tarixda qoldi. Keyingi yil klubning duranglari soni 50taga etishi mumkin.

Bu yil “SHo'rtan”ning o'yinlari soni 300dan, ochkolari soni esa 350dan oshdi. G'ulom Rahmonov 18-turda “Metallurg” bilan o'yinda jamoaning oliy ligadagi umumiy gollarini 350taga etkazdi. Yakunlangan mavsumda G'uzor klubi darvozasiga 500-gol urildi. 25-turda "Andijon" ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba jamoaning yubiley 100-g'alabasi bo'ldi.

“Olmaliq” klubi 30-turda “Qo'qon-1912” bilan bahsda 250-uchrashuvni o'tkazdi. 21-turda “Navbahor” bilan o'yinda Muhammad Isaev “Olmaliq”ning yubiley 350-golini urdi. Bu yil jamoa darvozasidan 350-gol o'rin oldi. 27-turda "Andijon" bilan bahsda yubiley 50-durang kuzatildi. Bundan tashqari klubning ochkolari soni 300dan oshdi. Keyingi yil jamooa 100-g'alabasiga erishishi, 400-golni o'tkazishi va ochkolarini 350taga etkazib olishi mumkin.

Oliy ligada ilk bor ishtirok etgan Toshkentning "Obod" klubining elitadagi birinchi golini 4-turda "Qizilqum" bilan o'yinda Pavel Solomin urishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa debyut mavsumda 25ta gol urdi. "SHo'rtan" bilan o'yinda "Obod" darvozasiga 50-gol urildi. Keyingi yil klub 10-g'alabasini qo'lga kiritishi, 10-durangini qayd etishi, 50-golini urishi va ochkolari sonini 50taga etkazib olishi mumkin.

Narzulla Saydullaev tayyorladi


#        

Jamoalar

O'          

YU       

D         

M        

T-N                

O          

1

Paxtakor (Toshkent)               

740

504

118

118

1678-629

1630

2

Neftchi (Farg'ona)

740

462

106

172

1522-766

1492

3

Navbahor (Namangan)

740

353

137

250

1275-913

1196

4

Nasaf (Qarshi)

588

330

112

146

1069-665

1102

5

Buxoro (Buxoro)

714

289

113

312

1000-1083

980

6

Andijon (Andijon)

688

226

134

328

942-1142

812

7

Dinamo (Samarqand)

650

227

111

312

807-952

792

8

So'g'diyona (Jizzax)

628

214

104

310

814-1061

746

9

Metallurg (Bekobod)

554

181

114

259

697-890

657

10

Qizilqum (Zarafshon)

494

186

97

211

634-710

655

11

Bunyodkor (Toshkent)

280

201

50

29

553-147

653

12

Mashal (Muborak)

456

189

80

187

590-628

647

13

Traktor (Toshkent)

490

178

87

225

684-814

621

14

Do'stlik (Toshkent viloyati)

346

169

52

125

669-532

559

15

Lokomotiv (Toshkent)

336

162

67

107

542-408

553

16

Qo'qon 1912 (Qo'qon)

340

123

42

175

462-654

411

17

Surxon (Termiz)

374

109

66

199

461-726

393

18

MHSK (Toshkent)

216

106

44

66

420-335

362

19

SHo'rtan (G'uzor)

310

101

51

158

365-514

354

20

Olmaliq (Olmaliq)

250

87

50

113

359-391

311

21

Xorazm (Urganch)

248

62

44

142

281-518

230

22

Zarafshon (Navoiy)

196

60

37

99

263-355

217

23

Yangier (Yangier)

216

56

37

123

266-385

205

24

Turon (Nukus)

164

44

23

97

171-329

155

25

Kosonsoy (Kosonsoy)

156

40

25

91

171-305

145

26

Guliston (Guliston)

154

34

17

103

142-340

119

27

Atlaschi (Marg'ilon)

124

34

16

74

149-280

118

28

CHirchiq (CHirchiq)

122

26

25

71

130-240

103

29

To'palang (Sariosiyo)

86

28

12

46

103-146

96

30

Kimyogar (CHirchiq)

104

25

21

58

113-193

96

31

Akademiya (Toshkent)

34

16

11

7

72-45

59

32

Semurg' (Angren)

72

15

12

45

99-200

57

33

Cementchi (Quvasoy)

30

8

7

15

39-64

31

34

CHilonzor (Toshkent)

34

8

6

20

51-70

30

35

SHahrixonchi (SHahrixon)

32

7

7

18

25-67

28

36

Obod (Toshkent)

30

6

6

18

25-51

24

37

Vobkent (Buxoro)

30

3

6

21

23-70

15

38

O'z-DongJu (Andijon)

30

2

7

21

17-65

13


Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика