So’nggi yangiliklar

14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  1 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  4 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  7 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1

"CHempionat startini intiqlik bilan kutyapman" yoxud "Qizilqum"ning yangi legioneri nimani vada qildi? Yangiliklar

"CHempionat startini intiqlik bilan kutyapman" yoxud "Qizilqum"ning yangi legioneri nimani vada qildi?

"Qizilqum" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida tarkibini serbiyalik futbolchi bilan kuchaytirib oldi.

Serbiyaning "Vojdovac" klubi azosi Aleksandar Stanislavlevich endi navoiyliklar sharafini himoya qiladi. Faoliyati davomida Avstriya, Vengriya, Serbiya, Greciya, Isroil chempionatlarida to'p tepgan Stanislavlevich saytimizga yangi klubi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

- Aleksandar yaqinda "Qizilqum" jamoasining yig'iniga kelib qo'shildingiz. Bir nechta mashg'ulotlarda ham ishtirok etdingiz. Dastlabki taassurotlar qanday? Mazkur klubning sizga yuborgan taklifi haqida nima deya olasiz?

- Avvalo taklif uchun klub va Hamidjon Aktamovga minnatdorchilik bildiraman. Meni juda yaxshi kutib olishdi. Jamoa esa o'z oila azosidek qabul qildi. Odatda futbolchi yangi chempionatga borganida moslashishga qiynaladi. O'ylaymanki, menda bu muammo yuz bermaydi. Ayni paytda chempionat startini intiqlik bilan kutmoqdaman. Mavsum boshlangach o'zimning harakatlarim bilan "Qizilqum"ga foyda keltirishni maqsad qilganman.

- Baribir biz uchun chetdan kelgan legioner futbolchining yurtimiz va chempionatimiz haqidagi fikrlari qiziqtiradi. O'zbekistonga kelguningizga qadar sizda qanday malumotlar bor edi? 

- SHunisi aniq ediki, bu erda yaxshi jamoalar ko'p. Muxlislar o'z suyuklilarini hech qachon yolg'izlatib qo'yishmaydi. Albatta men O'zbekistonda to'p tepgan bir qancha yaxshi futbolchilarni taniyman. Ular mamlaktingiz futboli haqida qiziqarli narsalarni gapirib berishgan.

- Superliga klublarida serbiyalik legionerlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Ular orasidan kimni yaqin do'stingiz sifatida ko'rsata olasiz?

- Barchalarini. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Kimnidir maydon ichida, yana boshqani maydon tashqarisida. Serbiyalik futbolchilarning ko'pligi o'zingni begonadek his qilmasliginga yordam beradi. 

- Legioner sifatida muxlislarga nimani vada bermoqchisiz?

- Bunday muxlislar qarshisida maydonga chiqishimdan xursandman. SHuni aytamanki, har bir uchrashuvda jamoam uchun qo'limdan kelgan barcha narsani qilaman. Ishonamanki, ishqibozlarimizning qo'llab-quvvatlashi ostida ajoyib futbol ko'rsatamiz. SHu bois hozirda mashg'ulotlarga astoydil ishlayapmiz. O'tkazilayotgan yig'inlar, mashg'ulotlarning samarasini rasmiy uchrashuvlarda ko'ramiz, deb o'ylayman. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика