So’nggi yangiliklar

22:36Мбаппе "Реал"нинг январь ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлди  1 22:15Озарбайжондаги "ўзбек дербиси"да дуранг қайд этилди. Жалолиддинов 81 дақиқа ўйнади  6 21:57Туркия кубоги. "Ризеспор" "Анқарагучу"ни мағлубиятга учратди. Алиқулов тўлиқ ўйнади  6 21:35"Нефтчи" Туркиядаги назорат ўйинида Қозоғистон клубини мағлубиятга учратди  3 21:12Флик "Барса"нинг биринчи рақамли дарвозабони кимлигини айтди  6 20:48Пике "Реал"нинг ҳакамликдан эътирози ҳақида: "Мадридликлар тарихидаги энг зўр гол офсайддан урилган"  21 19:47"Наполи" нега Гарначони харид қила олмагани маълум бўлди  0 18:23"Ливерпуль" ван Дейкка ўринбосар топди  2 17:58Ўзбекистон аёллар футзал терма жамоаси Тошкентда йиғинга киришди  0 17:23Расман: Дилшод Комилов — "Қизилқум" ўйинчиси  4 17:04Элит ОЧЛ. "Пахтакор" кейинги босқичга чиқиш имконияти қандай?  26 16:58"Манчестер Юнайтед" яна Шоуни йўқотди  6 16:23Тошлоқда "Фарғона вилояти ҳокими кубоги-2025" мусобақаси старт олди  4 16:01"Милан" Феликснинг ўрнига "Барселона" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи эди  3 15:35"Манчестер Юнайтед" Гарначо ва Майнуни сотишга тайёр  5

CHempion bo'lish vaqti keldi - "Navbahor" yangi mavsumga tayyormi? Babayanni nima muammo qiynamoqda? Yangiliklar

CHempion bo'lish vaqti keldi - "Navbahor" yangi mavsumga tayyormi? Babayanni nima muammo qiynamoqda?

Teglar :  Navbahor
Mamlakatimizda sovuq kunlar ortda qolib, bahor nafasi qalblarni ilitmoqda. Kelayotgan hafta esa futbolimizda ham uyg'onish pallasi bo'lib xizmat qilishi shubhasiz.

Futbol bahorini "Nasaf" va "Navbahor" jamoalari OCHLdagi o'yinlari orqali boshlab berishadi. Ayniqsa "lochinlar"ning debyut mavsumida guruhdan chiqishi va "Al Hilol" bilan tengma-teng bellashishi qita ahlini etiborini tortib bo'ldi. SHunday ekan ulardan yanada yaxshi natijalar kutilishi tabiiy. "Lochinlar" startdagi saudiyaliklar sinoviga tayyormi? 

OCHL guruh bosqichini eslab o'tamiz 

"D" guruhidan o'rin olgan "Navbahor" ilk turdayoq "Al Hilol" maydonidan ochko bilan qaytishni uddaladi. Keyingi turlarda "Mumbay Siti", "Nassaji Mazandaran" mag'lub etildi. Faqat 1ta o'yinda engilgan "lochinlar" 13 ochko bilan eng yaxshi ikkinchi o'rinlar orasida birinchi o'rin bilan keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Demak, natijalar bilan tanishing.

"Al Hilol" - "Navbahor" 1:1

Gollar: Al Bulayhi 90+10 - Toma Tabatadze 52

"Navbahor" - "Mumbay Siti" 3:0

Gollar: Jamshid Iskanderov 52, Jasur Yaxshiboev 58, Doniyor Abdumannopov 88

"Navbahor" - "Nassaji Mazandaran" 2:1

Gollar: Oston O'runov 74, Abdi (avtogol) 90+7 - Reza Azadi 44

"Nassaji Mazandaran" - Navbahor" 1:3

Gollar: Reza Azadi 68 - Igor Golban 7, Oston O'runov 21, 48

"Navbahor" - "Al Hilol" 0:2

Gollar: Malkom 68, Salim Al Davsari 85

"Mumbay Siti" - "Navbahor" 1:2

Gollar: El Xayati 15 - Jamshid Iskanderov 29, Yovan Jokich 45+3

"Navbahor"ni kimlar tark etdi? Muammoli poziciya qaysi?

Jamoa sezilarli yo'qotishlarga uchradi. O'tgan mavsumda asosiy figuraga aylangan Oston O'runov, Jasur Yaxshiboev, Igor Golban, Temurxo'ja Abduxoliqov, Davron Xoshimov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga qaror qildi. Oston O'runov o'tgan mavsumda namanganliklarning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi va 9ta gol bilan to'purarlikni ham qo'lga kiritdi. SHuningdek, Luka CHermel, SHahboz Jo'rabekov, Doniyor Abdumannopov, Milosh Milovich, Ignatiy Nesterov ham "Navbahor" safini tark etdi. Ularning o'rniga Ruslan Jiyanov, Siyavash Haqnazariy, Farruh Sayfiev, Odil Hamrobekov, Giorgiy Nikabadze, Aleksandr Lobanov taklif etildi. Sayfiev va Hamrobekov shubhasiz "Navbahor"ning qishdagi eng muhim transferi bo'ldi. Bu orqali Samvel Babayan chap qanot va tayanch zonasidagi muammoni bartaraf etdi.

 Hozirda Samvel Babayan oldida o'ng qanot himoyasini qanday to'ldirish bosh og'riq bo'lib turibdi. "Olimpik" futbolchisi Saidazamat Mirsaidov murabbiyning rejalaridan o'rin olgan va o'ng qanot himoyasi unga ishonib topshirilayotgandi. Lekin "Olimpik" kutilmaganda futbolchisini ortga qaytardi va bu rejalarga tasir qilgani aniq. Birinchi taxminim Ibrohim Yo'ldoshevni chap qanot, Farruh Sayfievni o'ng qanotda. Ikkinchisi Jamshid Boltaboevni o'ng qanot himoyada ko'rishimiz ham mumkin. Yana bir muammo bu markaziy himoya. SHaxsan men uchun bu ham jumboqli bo'lib turibdi. Golban va Milovichning ketishi himoyadagi muammolarni ko'paytirdi. SHu bois Filip Ivanovichning yoniga kim tushishi o'ylantirmoqda. Agarda Boltaboev o'ng qanotdan joy olsa, u holda Yo'ldoshev Ivanovich bilan mudofaa markazida harakat qiladi. Hujumda Toma Tabatadze va Giorgi Nikabadze bor. 

Taraddud Turkiyada. Nazorat uchrashuvlaridagi natijalarga nazar

3 yanvar kuni Toshkentda jamlangan jamoa azolari 5 yanvar kuni Antaliyaga yo'l oldi va 6 fevral kuniga qadar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazdi. Nazorat uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi. 

"Orenburg" - "Navbahor" 2:2

"Navbahor" — "Mauense" 2:0

"Kuban"  — "Navbahor"  1:0

"Gelaksi" - "Navbahor" 5:0

"Navbahor" — "Spartak" (Varna) 1:2

"Navbahor" — "Qiziljar" 1:2

CHempion bo'lish vaqti keldi 

"Navbahor" so'nggi ikki mavsumda chempionlikka yaqin keldi. Lekin so'nggi pallada bir nechta ochko etmadi. Darhaqiqat, Samvel Babayan boshchiligida ketma-ket ikki yildan buyon kuchli uchlikdan joy olib kelayotgan "lochinlar"ni bu yil chempionlikdan boshqa narsa qoniqtirmasligi tabiiy. Tanishtiruv marosimida ham Namangan viloyati hokimi SHavkat Abdurazzoqov ham buni takidlab o'tdi. Lekin undan avval OCHLda "Al Ittihod" to'sig'idan o'tishi kerak bo'ladi. Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli start Superligada ham hamroh bo'lsa ajab emas.

"Navbahor" o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan. SHu bois har qanday raqibni yutishimiz kerak. CHempionlik yo'lida har bir raqib muhim hisoblanadi. Mavsum boshlanishini intizorlik bilan kutyapman",- deydi jamoaning yangi azosi Giorgi Nikabadze.

"Agentim menga aloqaga chiqib, “Navbahor”dan yaxshi taklif bo'layotganini aytdi va uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng, jamoa azosiga aylandim. jamoaning mashg'ulotida qatnashdim, hammasi alo darajada! “Navbahor”da avval ham turli jamoalarda men bilan birga o'ynagan futbolchilar ko'p. SHu bois, o'zimni juda yaxshi his qildim. Albatta, eski do'stlarim bilan bir jamoada o'ynashim, men uchun ham, “Navbahor” uchun ham bir tomondan yaxshi deb hisoblayman",- deydi Farruh Sayfiev.

Taxminiy tarkib

Ayni paytdagi mavjud futbolchilardan kelib chiqib "Navbahor"ning "Al Ittihod" bilan o'yin uchun asosiy tarkibini taxmin qilishga harakat qilib ko'rdik. Bu albatta taxmin va o'yinda umuman boshqacha joylashuv, sxema va futbolchilar o'rin olishi ham mumkin. 

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Ibrohim Yo'ldoshev, Filip Ivanovich, Farruh Sayfiev, Jamshid Boltaboev, Odil Hamrobekov, Yovan Jokich, Jamshid Iskanderov, Ruslan Jiyanov, Siyavash Haqnazariy,Toma Tabatadze


Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика