"CHelsi"ning sobiq futbolchisi "Lokomotiv"ning potencial raqibi safiga ko'chib o'tdi
05 jan 2020 18:58
Yangiliklar


"CHelsi"ning sobiq futbolchisi "Lokomotiv"ning potencial raqibi safiga ko'chib o'tdi
Jiddaning "Al Ahli" jamoasi "Crvena Zvezda" yarim himoyachisi Marko Marin bilan shartnoma imzoladi.
Saudiya Arabistoni klubi xavbek bilan shartnoma borasida rasman kelishib oldi. SHartnoma tibbiy ko'rikdan so'ng imzolanadi. 30 yoshli Marin "Verder", "CHelsi", "Sevilya"dagi faoliyati bilan ko'pchilikka malum. U 2010 yilgi mundialda Germaniya termasi bilan bronza medallarga ega chiqqan.
Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 3 gol kiritdi.
Agarda "Lokomotiv" 21 yanvar kuni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasini mag'lub etsa, Jiddaning "Al Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar