"CHelsi"ning 58 mln funtga sotib olingan yarim himoyachisi mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi
27 mar 20:37
Yangiliklar
"CHelsi"ning 58 mln funtga sotib olingan yarim himoyachisi mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi
Romeo Laviya uchun mavsum yakunlandi.
"CHelsi" klubi yarim himoyachisi Romeo Laviya jarohati sabab qolgan mavsumni o'tkazib yuboradi. Bu haqda "CHelsi" klubi rasman malum qildi. Malumot uchun, "CHelsi" Laviyani "Sautgempton"dan 53+5 mln funt evaziga sotib olgandi.
"Yarim himoyachi Romeo Laviya, afsuski, mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
Yaqinda o'tkazilgan tekshiruvlardan so'ng, "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda Laviya sonidan jiddiy jarohat olgani aniq bo'ldi va mavsumning qolgan qismida u maydonga tusha olmaydi", -deyiladi "CHelsi" bergan bayonotda.
Eslatib o'tamiz, Romeo Laviya London klubiga o'tganidan so'ng faqatgina 32 daqiqa maydonga harakat qildi.
Fikrlar