So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  1 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  21 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

"CHelsi"da ishingiz qovushmadimi, unda "Milan"ga yo'l oling Yangiliklar

"CHelsi"da ishingiz qovushmadimi, unda "Milan"ga yo'l oling

Teglar :  CHelsi Milan
Oxirgi vaqtlarda "Milan" "CHelsi"da "ketmoni uchmagan" futbolchilar uchun zaxira variantidek bo'lib qoldi.

So'nggi yillarni hisobga oladigan bo'lsak, bunday futbolchilar to'rt nafarni tashkil qiladi. Qayta oyoqqa turayotgan "rossoneri" loyihasi yana kuchli futbolchilarni qiziqtira boshladi. Natijada, klub qator futbolchilarni o'z tarkibiga jalb qila oldi va ular keyinroq yulduzga aylandi. Misol uchun Teo Ernandes va Rafael Leaoni jahon darajasidagi futbolchi desak, mubolag'a bo'lmasa kerak. 

"Milan" "CHelsi"da omadi chopmagan to'rt nafar futbolchiga faoliyatini qayta "jonlantirish" uchun imkon berdi. Ularning oxirgisi Fikayo Tomori. Angliyalik markaziy himoyachi turli klublarda ijaralarda ishonchli o'yin ko'rsatganiga qaramay, "ko'klar" tarkibida bor yo'g'i 27 uchrashuvda maydonga tushdi. 

Biroq A Seriyaga ko'chib o'tgach, u liganing eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biriga aylandi. "CHelsi"dan ketib, "Milan"da qayta ochilgan Olive Jiru bo'ldi. Franciyalik "aristokratlar" safidagi oxirgi mavsumida Premer-ligada bor yo'g'i to'rtta gol urishni uddaladi. Italiyaga ko'chib o'tgach, "rossoneri" safidagi 123 uchrashuvda 47 ta gol urdi. Uchinchi o'rinda — Ruben Loftus-CHik. "CHelsi"da porlashi taxmin qilingan, ammo muqim o'rin topa olmagan futbolchi Italiyadagi ilk mavsumidayoq 35 o'yinda 10 ta gol urdi. 

Bu ro'yxatning yana bir vakili Kristian Pulishich. Amerikalik vinger oxirgi sakkiz oy ichida 41 bahsda 21 ta gol urdi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика