"CHelsi" yaxshilangan shartnoma bilan Ryudigerni saqlab qolmoqchi
23 sen 2021 18:01
Yangiliklar
"CHelsi" yaxshilangan shartnoma bilan Ryudigerni saqlab qolmoqchi
Himoyachi Antonio Ryudiger Londonning "CHelsi" klubida qolishi mumkin.
"Aristokratlar" xo'jayinlari nemis futbolchisiga yaxshilangan shartlar bilan yangi mehnat shartnomasi taklif qilishga tayyorlar. "CHelsi" o'yinchining maoshini yiliga 8,5 million evroga qadar ko'tarishni rejalashtirmoqda.
Uning klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. O'yinchiga "Bavariya", "Tottenxem" va "Yuventus" qiziqish bilidrmoqda.
Antonio joriy mavsum APL doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
Fikrlar