“CHelsi” yaqin soatlarda yangi bosh murabbiy nomini elon qilishi mumkin
26 may 2018 02:33
Yangiliklar


“CHelsi” yaqin soatlarda yangi bosh murabbiy nomini elon qilishi mumkin
“Napoli”ning sobiq ustozi Mauricio Sarri “CHelsi” bosh murabbiyi lavozimini egallashga yaqin turibdi.
London klubi ushbu yangilikni yaqin soatlarda elon qilishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Sport Mediaset nashri.
Malum bo'lishicha, “CHelsi” Sarriga to'rt yillik shartnoma va yiliga 6 million evro maosh taklif etgan. Ayni paytda klub rahbariyati 59 yoshli mutaxassisning vakillari bilan shartnomaning so'nggi detallarini muhokama qilishmoqda.
“CHelsi” xo'jayini Roman Abramovich maslahatchisi Marina Granovskayaga jarayonni tezlatishni va bu kelishuv bugun eng uzog'i bilan ertaga nihoyasiga etkazish borasida topshiriq bergan.
Takidlash joizki, Sarrining ayni paytda “Napoli” bilan shartnomasi mavjud. London klubi shartnomada ko'rsatilgan 8 million evrolik tovon pulini to'lab berishga tayyor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar