“CHelsi” va PSJ “Portu” futbolchisi uchun kurashadi
05 mar 2020 09:50
Yangiliklar


“CHelsi” va PSJ “Portu” futbolchisi uchun kurashadi
Aleks Telles faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin.
“Portu”ning 27 yoshli himoyachisi Aleks Tellesga “CHelsi” va PSJ jiddiy qiziqib qoldi. Ikkala klub ham chap qanot himoyachisini yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olish niyatida. Tellesning “Portu” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yil yozida yakuniga etadi. Futbolchining o'zi klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgan va faoliyatini boshqa klubda davom ettirish istagini bildirgan.
Joriy mavsum futbolchi Portugaliya chempionati doirasida 22 ta o'yinda qatnashib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar