Rasman: “CHelsi” va Germaniya termasining sobiq azosi “Al-Ahli” safida tibbiy ko'rikdan o'tdi
05 jan 2020 19:30
Yangiliklar


Rasman: “CHelsi” va Germaniya termasining sobiq azosi “Al-Ahli” safida tibbiy ko'rikdan o'tdi
Germaniyalik xavbek Marko Marin faoliyatini Saudiyada davom ettiradi.
“Crvena Zvezda” yarim himoyachisi 1,7 mln. evro evaziga “Al-Ahli”ga transfer qilindi.
30 yoshli futbolchi Serbiya jamoasidan tashqari, “Borussiya M”, “Verder”, “CHelsi”, “Sevilya”, “Fiorentina”, “Anderlext”, “Trabzonspor”, “Olimpiakos” kabi klublar safida o'ynagan.
SHuningdek, u Germaniya terma jamoasi bilan 2010 yilgi mundialda bronza medallari sohibiga aylangandi.
Avvalroq, "Al-Ahli" OCHL saralashi doirasida Toshkentning "Lokomotiv" klubiga potencial raqib bo'lishi mumkinliga haqida xabar bergandik. Faqat buning uchun "temiryo'lchilar" 21 yanvar kuni Tojikistonning "Istiqlol" jamoasini engishi zarur hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar