So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  4 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  25 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  3 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

"CHelsi" sobiq o'yinchisi Pochettino jamoasining rivojlanishi uchun nimalar kerakligini tushuntirib berdi Yangiliklar

"CHelsi" sobiq o'yinchisi Pochettino jamoasining rivojlanishi uchun nimalar kerakligini tushuntirib berdi

"CHelsi" sobiq himoyachisi Gari Kexillning fikricha, "ko'klar" hozirda juda yosh tarkibga ega.

"Natijalar, albatta, achinarli, ammo jamoaning o'rtacha yoshi juda va juda kichik hamda bu jamoa qaytadan yig'ilgan. Ko'pgina o'yinchilarning futbolda hali ko'p ham tajribasi yo'q. Ularga APLga moslashish uchun vaqt kerak – bu juda qiyin liga.

 Biroq istedodlar ko'p. Men ular bilan birga mavsumoldi yig'inga bordim, mashg'ulotlarini ko'rdim va katta taassurot oldim. Lekin, albatta, vaqt va sabr-toqat talab etiladi va bu yosh futbolchilar rivojlanishi kerak.

Muvaffaqiyatli davrlarimizda jamoa yadrosi bor edi va biz unga bir yoki ikkita o'yinchini qo'shardik, keyin ularni tizimga va klubga moslashishi ancha osonlashardi. Agar juda ko'p o'zgarishlar bo'lsa, bu ligani o'rganish va tajriba orttirish uchun haqiqatan ham vaqt kerak bo'ladi. Ham yaxshi, ham yomon tajriba kerak – futbolda hammasi oson emas", – dedi Gari Kexill.

Eslatib o'tamiz, Gari Kexill "aristokratlar" safida 290 ta o'yin o'tkazib, 25 ta gol urgan, ikki karra Angliya chempioni bo'lgan va CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика