"CHelsi" qishda 100 million dollarlik transfer amalga oshirmoqchi
27 noy 2023 08:20
Yangiliklar


"CHelsi" qishda 100 million dollarlik transfer amalga oshirmoqchi
"CHelsi" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen bilan shartnoma imzolamoqchi.
The Telegraph xabariga ko'ra, futbolchi London klubining qishdagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Osimhenning o'zi ham faoliyatini Londonda davom ettirishiga qarshi emas. Futbolchining yuqori bahosi - 100 million funt sterlingdan ko'prog'i bo'lishi kutilmoqda.
Viktor Osimxen 2020 yilning kuzida "Napoli"ga ko'chib o'tgandi. Joriy mavsumda Osimxen barcha musobaqalarda 11 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar