"CHelsi" ispan grandlarining taklifiga rad javobini berdi
17 iyu 2019 22:20
Yangiliklar


"CHelsi" ispan grandlarining taklifiga rad javobini berdi
CHelsi yarim himoyachisi Villianga Ispaniyaning ikki grand jamoasi, yani, Barselona hamda Atletiko futbolchini sotib olish masalasida taklif bilan chiqdi.
Jamoalar futbolchini bir xil summa – 35 mln. evroga baholagan. Biroq, «aristokratlar» rahbariyati ularga rad javobini bergan.
Braziliyalik 30 yoshli o'yinchining londonliklar bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar davom etadi. Tomonlar kelishuvni yana ikki yilga uzaytirishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, «Barselona» mazkur futbolchi bilan o'tgan transferlar oynasida ham qiziqqan edi.
O’xshash yangiliklar
00:50
Kafu Rafinya haqida: "U bilan "Oltin to'p" uchun raqobatlasha oladigan o'yinchilarni ko'rmayapman" 3

Fikrlar