"CHelsi" Musialaning ehtimoliy transferidan kattagina summa ishlab olishi mumkin. Qanday qilib?
13 mar 2024 21:52
Yangiliklar
"CHelsi" Musialaning ehtimoliy transferidan kattagina summa ishlab olishi mumkin. Qanday qilib?
"Bavariya" klubi futbolchisi Jamal Musiala yozda boshqa klubga transfer qilinadigan bo'lsa, "CHelsi" klubi bu transferdan qancha summa ishlab olishi malum bo'ldi.
"CHelsi" klubi Jamal Musialani 2019 yilda atigi 200 ming evro evaziga "Bavariya"ga sotib yuborgandi. Biroq, nemis klubi bilan tuzilgan kelishuvga ko'ra "CHelsi" Musialaning keyingi ehtimoliy transferidan 20% ulush talab qilishi mumkin bo'ladi.
Qayd etish joizki, ayni damda Jamal Musialaga Angliyaning ikki grand klubi - "Liverpul" va "Manchester Siti" qiziqish bildirishmoqda. Taxminiy transfer qiymati 90 mln evro atrofida baholanmoqda. "Bavariya" Musialani sotadigan bo'lsa, "CHelsi"ga transfer qiymatining 20% qismini taqdim qiladi.
Malumot uchun, Jamal Musiala "CHelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi "Bavariya"da 2019 yildan beri harakat qilib kelmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar