"CHelsi" Jiru bilan shartnomani uzaytirdi
21 may 2019 20:00
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/496927_original.jpg)
![](/upload/storage/496927_220.jpg)
"CHelsi" Jiru bilan shartnomani uzaytirdi
Hujumchi Olive Jiru "CHelsi"dagi faoliyatini davom ettiradi.
Franciyalik londonliklar bilan 2020 yil yoziga qadar shartnomasini uzaytirdi.
"Biz Olive "CHelsi"da yana bir mavsum o'ynashidan mamnunmiz. U 1,5 yildan beri klub sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri sabr qilish va imkoniyatlarni kutishga majbur bo'ldi. Lekin, u jamoaga kerakli o'yinchi ekanligini ko'rsata oldi. Umid qilamizki, Bokudagi finalda ham Jiru "CHelsi"ga foyda keltiradi", - deydi klub direktori Marina Granovskaya.
32 yoshli forvard joriy mavsum APLning 27 o'yinida 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar