“CHelsi” himoyachisi va Lempard o'rtasida nizo kelib chiqdi
29 sen 2020 20:45
Yangiliklar
“Aristokratlar” ustozi Frenk Lempard va himoyachi Markos Alonso o'rtasida nizo yuzaga kelgan. APL 3-turi doirasida o'tgan “Vest Bromvich”ga qarshi uchrashuvning tanaffusi vaqtida Alonso zaxiraga olindi va u o'yin tugashini kutmasdan jamoa avtobusiga borib o'tirgan. Uning bu harakati Lempardning jahlini chiqargan.
Eslatib o'tamiz, “Vest Brom”ga qarshi bahsning 1-bo'limida “CHelsi” 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi. Ammo Frenk Lempard shogirdlari keyingi taymda muvozanatni o'nglab, natijani 3:3 ko'rinishga keltirishdi.
Qayd etilishicha, endi Alonso muntazam o'yin amaliyotidan ayrilish ehtimoli mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar