CHelsi himoyachisi: “U WhatsApp orqali yigitlar, sizlarni yaxshi ko'raman deb yozib, so'ngra, guruhdan chiqib ketdi”
18 iyu 2019 23:30
Yangiliklar
CHelsi himoyachisi: “U WhatsApp orqali yigitlar, sizlarni yaxshi ko'raman deb yozib, so'ngra, guruhdan chiqib ketdi”
CHelsi futbolchisi Emerson Eden Azarning jamoadoshlari bilan qanday hayrlashganini malum qildi.
28 yoshli yarim himoyachi bir necha kun oldin «Real»ga o'tgandi.
“Uning oxirgi so'zlari WhatsApp'da bo'lgandi. U yigitlar bilan hayrlashdi va shundan buyon Azar haqda hech narsa eshitmadik. Bu odatiy hol emas. U «Rahmat, yigitlar, sizlarni yaxshi ko'raman» deb yozdi. Keyin esa «Eden Azar guruhni tark etdi», degan yozuv chiqdi. O'shanda men u haqiqatdan ketganligini his qildim”, – deya qayd etgan 24 yoshli italiyalik futbolchi.
Fikrlar