“CHelsi” Falkao uchun 60 million funt sterling berishga tayyor
12 noy 2013 11:50
Yangiliklar


“CHelsi” Falkao uchun 60 million funt sterling berishga tayyor
Ushbu haftada “CHelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino shaxsan o'zi, “Monako” klubi futbolchisi Radamel Falkaoni kuzatish uchun Kolumbiya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yiniga tashrif buyurmoqchi.
Mourino ushbu yozda yuqori tajribaga ega bo'lgan hujumchini izladi, biroq na Falkaoni, na Ueyn Runini va na Robert Levandovskini klubga olib kela oldi. Ammo murabbiy to'xtab qolgani yo'q va maqsad sari intilishda davom etmoqda.
Hozirda “CHelsi” Falkao uchun rekord summa 60 million funt taklif etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Joze futbolchini yanvarda klub safiga qo'shib olmoqchi deb xabar beradi beradi Daily Mirror.

Fikrlar