"CHelsi" Drinkuoterni turk klubiga ijaraga berdi
18 jan 2021 21:24
Yangiliklar


"CHelsi" Drinkuoterni turk klubiga ijaraga berdi
Londonning "CHelsi" klubi yarim himoyachisi Denni Drinkuoter "Qosimposho"ga o'tdi, deb xabar berdi "aristokratlar" rasmiy sayti.
Turkiya klubi 30 yoshli futbolchini 2020/2021 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. U joriy mavsumda London klubi safida atigi 1 ta o'yin o'tkazdi.
"CHelsi" Drinkuoterni 2017 yilda "Lester"dan 38 million evroga sotib olgandi. Umumiy hisobda u jamoa safida 23 o'yin o'tkazgan va 1 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar