"CHelsi" chap qanot himoyachilaridan birini sotadi
06 may 2021 23:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/635539_original.jpg)
![](/upload/storage/635539_220.jpg)
"CHelsi" chap qanot himoyachilaridan birini sotadi
"CHelsi" yozgi transferlar oynasi vaqtida kamida bir nafar himoyachisini sotib yuboradi.
"Goal" xabariga ko'ra, klub yozda chap qanot himoyachilari Markos Alonso yoki Emersonning jamoadan ketishi masalasini ko'rib chiqadi. Ispaniyalikning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etsa, italiyalikniki 2022 yilgacha mo'ljallangan. Alonsoning maoshi balandroq bo'lgani sababli uni sotib yuborish ishlari qiyinroq bo'lishi kutilmoqda.
Futbolchilar sotuvidan tushgan pul Dortmundning "Borussiya"si hujumchisi Erling Xolandni sotib olish uchun sarflanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar