"Chelsi" "Barselona" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
12 may 2022, 13:50
"Barselona" himoyachisi Serjino Destga "Chelsi" qiziqmoqda.

21 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan yaqin transfer oynasida "Barselona"ni tark etadi.

Oldinroq, Kataloniya klubining niderlandiyalik himoyachini 20 million evroga sotishga tayyorligi xabar qilingan edi.

Dest joriy mavsum "Barselona" libosida barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es