"CHelsi" asosiy transfer maqsadlarini belgilab oldi
14 okt 2022 10:58
Yangiliklar
"CHelsi" asosiy transfer maqsadlarini belgilab oldi
Londonning "CHelsi" klubi yanvar va kelasi yoz uchun to'rtta asosiy transfer maqsadini aniqladi.
Manbaga ko'ra, "Leypcig" hujumchisi Kristofer Nkunku 60 million evrolik shartnoma borasida deyarli kelishuvga erishdi. SHuningdek, "aristokratlar" "Leypcig" himoyachisi Yoshko Gvardiolni 80 millionga xarid qilishlari, Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemni 120 million evroga sotib olish mumkin.
Avvalroq "CHelsi" "Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavarni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar